Latifa matni:
Afandi bir kuni to`yga bordi. Uning yonida o`tirgan bir savdogar ochofatlik qilib yeganiga qanoatlanmay, dasturxondagi qand-qurslardan olib, cho`ntaklarini to`lg`azdi. Afandi buni ko`rib yonida turgan choynakni oldi-da, sekin uning cho`ntaklariga quya boshladi. Savdogar payqab qolib, jahl aralash Afandidan so`radi:
— Nega cho`ntagimga choy quyyapsiz?
— Cho`ntagingiz qand-qursni ko`p yeb chanqab qolgandir,— dedi Afandi.