Bo`limlar
Latifalar
Bir mijoz sotuvchini asabiga tegish uchun qiziqyapti:
— Kechirasiz, bu gumma ichidagi go`sht tirikligida miyovlarmidi yoki vovullarmidi?
Sotuvchi ayyorona qarab javob berdi:
— Buni ichidagi go`sht, tirikligida bo`lar bo`lmas savollar berar edi!

Erkak do`stiga maqtandi.
— Men, juda mehmondo`stman.
— Buni qanday tushunsa bo`ladi?
— Masalan, uyga mehmon kelsa, choyni piyolaning tepasidagi chizig`igacha to`ldirib qo`yaman.
— Nega?
— Shakarni kamroq solishsin, - deyman-da!

Er xotin janjallashib qolishibdi. Bir soat o`tgach, axiyri xotini eriga qarab:
— Dadasi bilmaysizmi eshak qancha umr ko`rib, keyin o`ladi, - desa
Eri:
— Nima mazang qochyaptimi, - dermish

Bir kun, bir yigit sevgan qizi bilan ko`chada ketayotsa, Mersedesda bir yigit kelib, signal chaldi, shunda qiz yonidagi yigitga:
— Bor-e — deb Mersedesga o`tirib olibdi,
Shunda Mersedesdagi yigit:
— Uzr, myen sizni emas, xo`jayinni chaqirgandim dermish...

Piyanista uyqudan turib, oynaga qarab:
— Shunaqayam ichamanmi, soqollarim o`sib, ajinlarim ko`payibdi, sochimga ham oq tushibdi, deb tursa orqadan onasini ovozi kebdi:
— O`g`lim otangni portretiga buncha tikilmasang.

Jarroh kuyov, qaynotasini operatsiya qilishga tayyorlanmoqda.
Qaynota:
— Ishga juda jiddiy qarang, kuyovbola! Shuni unutmangki, men o`lsam, qaynanangiz shu kuniyoq qizinikiga ko`chib boradi.

Bir kuni podsho Afandidan so`rab qoldi:
— Shu odamlarga hayronman-da. Doim bir-birlari bilan janjallashganlari-janjallashgan. Janjal nimadan chiqarkin-a, Afandim?
— Odamlar bir-birlariga behosdan «ahmoq bo`lma!» deb yuboradilar. Janjal shundan chiqadi.
— Bo`lmagan gap! Shu arzimagan gapdan ham janjal chiqadimi?!
— Chiqadi.
— Chiqmaydi!
— Ahmoq bo`lmang! — dedi Afandi jo`rttaga.
— Jallod!— deb qichqirdi podsho azbaroyi jahli chiqib ketganidan.
— Ana, aytmadimmi, taqsir, bitta «ahmoq bo`lma»ga janjal tugul, o`lim chiqdiku! Boring bo`lmasa, ahmoq bo`la qoling!

Afandi bir xasis oshnasinikiga borgan edi, oshnasi oldiga ikkita issiq non bilan bir piyola asal qo`ydi. Afandi asalni pichog`i bilan kesib, nonning orasiga qo`yib yeya berdi. Xasis oshnasi qarasa, Afandi asalning hammasini yeb qo`yadigan ko`rinadi.
— Afandi, asalning hammasini yesalar ham mayli-ku, lekin kuchlilik qilib yurak-bag`ringizni o`rtab yuborar deyman,— dedi.
Afandi pichog`ining uchiga asaldan katta bir bo`lagini sanchib olar ekan, javob berdi:
— To`g`ri aytadilar, lekin bir xolis odam bo`lsa kimning yuragi o`rtanayotganini aytib berar edi.

Ikki ovchi o`rmonda ov qilib, o`qlari tugab uyga qaytayotsa yo`llaridan bir sher chiqib qolibdi. Shunda ikkovi qochib daraxtga chiqib olishibdi. Biri ikkinchisiga:
— Men kitobda o`qiganman, sher daraxtga chiqa olmaydi, - debdi.
Qarashsa sher sekin daraxtga chiqa boshlabdi.
Ikkinchisi:
— Ana chiqyaptiku, - desa
Birinchi ovchi hijolat bo`lib:
— Menimcha bu sher o`sha kitobni o`qimagan bo`lsa kerak debdi.

Ikki baliqchi suhbatlashmoqda. Biri maqtana boshlabdi:
— Bilasanmi oshna, bir kuni men shunaqangi baliq tutdimki, o`lchashga tarozining shkalasi yetmadi.
Shunda ikkinchisi:
— Baribir mening tutganimdan kichik ekan. Men tutgan baliqning suratining o`zi naq ikki kilo chiqqandi...