Bo`limlar
Latifalar
Matiz haydovchisi qizilda o`tib ketibdi. Serjant to`xtatibdi.
— Dokumentlar?
— Yo`q, komandir!
— Prava?
— Yo`q, komandir!
— Uff dengchi?
— Ichganman!
— Hozir kapitanni chaqiraman, keyin siz u bilan problemangizni hal qilasiz.
Kapitan kelib:
— Dokumentlar?
— Marhamat!
— Prava?
— Marhamat!
— Ichganmisiz?
— Ufff... Ichmaganman!
— Nega menga serjant unaqa dedi???
— Komandir, serjant hozir meni qizildan o`tgan ham deydi.

2 yoshli qizaloqni onasi eshitishni tekshirish uchun quloq doktoriga olib boribdi.
Doktor shivirlab:
— Shokolad... - desa.
Qizaloq ham shivirlab:
— Qani, - dermish.
Doktor shivirlab:
— Shokolad... - desa.
Qizaloq ham shivirlab:
— Qani, - dermish.
To`yda o`tirgan bir yigit go`zal bir qizni ko`rib:
— Kechirasiz! Sizga ko`zim tushdiyu qalbimda bir gap tug`ildi. Boyadan beri sizga aytaman deymanu yuragim orqaga tortib turibdi.
Qiz:
— Behijolat etvuring.
Bola:
— Hoov o`sha olmani uzatvoring.

Xaridor so`rayapti:
— Soyaboningizni sifati yaxshimi?
Sotuvchi:
— Ha, albatta, besh yilga kafolati bor, fakat uni yomg`irdan va quyoshdan saqlash tavsiya etiladi.

Xizmatkor betob bo`lib qolgan edi, uy bekasi shifokorga odam jo`natdi. Shifokor kelib bemorni obdon tekshirdi. Uy bekasi xonadan tashqariga chiqishi bilan xizmatkor shifokorning qulog`iga asta shivirladi:
— Doktor, men kasal emasman, faqat olti haftadan buyon xujayin haqimni bermayapti, uni olguncha yotaverishga ahd qildim.
— Uy bekasi meni to`qqiz marta chaqirib, sariq chaqa ham to`lagani yo`q, sal suriling, unda men ham o`ringa yonboshlay, — dedi shifokor.

Poyabzal ustaxonasining direktori Afandiga maqtandi.
— Menga qoyil bo`ling, kuniga 200 kg mix, 100 kg yelimni tejab qoldim.
— Qoyilman sizga,— dedi Afandi, yirtiq tuflisini ko`rsatib,— ko`ryapsizmi, mening tuflim ham «til»ini chiqarib gapingizni ma’qullamoqda.

— Yoshligimda bir qiz meni deb o`zini o`ldirmoqchi bo`lgan.
— Rostanmi?
— Ha, menga turmushga chiqmaslik uchun o`zini daryoda cho`ktirishga qaror qilgan.

Mantiq haqida:
Erkaklarda: bilsam — o`ldiraman
Ayollarda: o`lsam ham — bilib olaman
Erkaklarda: bilsam — o`ldiraman
Ayollarda: o`lsam ham — bilib olaman
— Allo, boshlig`ingiz bilan gaplashmoqchiman.
— Boshliq bandlar
— Axir men xotiniman...
— Hamma ayollar xotiniman deb, telefon qiladi.

Afandi tirikchilikdan qiynalib, bir o`rtog`iga hasrat qildi.
— O`zingning e’tiqoding past,— dedi o`rtog`i,— har kimdan tama’ qilib yurmay, to`g`ri xudoning o`zidan so`ra.
Afandi «qani, xudoning o`zidan so`rab ko`ray-chi» deb. Qassobdan qo`yning pufagini olib keldi. Uni obdan iylab, puflab rosa shishirdi-da, oftobda qurutdi. Keyin o`tirib, bir parcha qog`ozga ariza yoza boshladi: «E xudo, menga yuz tanga kerak bo`lib qoldi. Dargohingdan noumid qaytarma, shuni ato qil»,— deb turar joyini ma’lum qildi. Arizani taxlab pufakka bog`ladi-da, uchirib yubordi.
Osmonda uchib ketayotgan pufakni shahar qo`rg`onida turgan merganlar ko`rib qolib, darhol urib tushirishdi. Bundoq qarashsa, qog`ozga ariza yozilgan. Ulardan biri arizani podshoga olib borib ko`rsatdi. Podsho o`qib ko`rib, bu Afandining ishi ekanligini payqadi. «Qani, nima derkin,»— deb, jo`rttaga yuz tanga o`rniga ellik tangani bir vaziriga berib yubordi.
— Afandim, siz xudodan yuz tanga so`raganmidingiz?— dyedi vazir.
— Ha, so`ragan edim.
— Kechirasiz, so`raganingizdan bir oz kamroq berib yubordi, vazir unga haligi pulni berdi.
Afandi pulni sanab olib, «Ha mayli, ellik tangani bergan xudo qolganini ham berar»— deb, vazirni jo`natdi.
Mazaxo`rak bo`lgan Afandi ertasiga yana ariza yozib uchirdi. Shahar muhofizachilari uni ham urib tushirib, arizani podshoga yubordilar. Podsho arizani o`qidi: «E xudo, mening turar joyim o`zinga ma’lum. Shunday bo`lganidan keyin, nega o`z qo`ling bilan yuboraqolmay, vazirdan berib yubording? Vazirlarning fe’li o`zinga ayon ediku. Mana, yarmisini urib qolib, yarmisini olib kelibdi. Endi bevosita o`zimga to`g`ri yuboraver...»