Bo`limlar
Latifalar
Kasallik varaqasini to`ldira turib, doktor bemor ayoldan so`rabdi:
— Xo`sh, opajon yoshingiz nechada?
— Opajon, demang meni! Axir endigina yigirma sakkiz yosh va bir necha oyga to`ldim...
— Xo`sh, necha oy?
— Bir yuz to`kson sakkiz oyga...

— Abduraim nimaga buncha xursandsan?
— Ee, oshna lo`lilardan 50 dollarga barmog`imday keladigan tilla tross oldim. Esingdami qalbaki 100 dollarni axlatdan topib olgandim?
O`sha 100 dollarni bergandim, 50 dollar qaytim ham qaytarishdi. Boplabmanmi?
— Iye, bu tillamas-ku, ko`p xursand bo`laverma.
— Nega xursand bo`lmay, axir lo`lilar qaytimga bergan 50 dollar toza ekan, tekshirtirdim oshna.

Bir mahmadona yigit xudoyi vaqtida hukumat siyosati to`g`risidagi bo`lmag`ur gaplari-yu, xalqaro ahvol haqidagi nodonlarcha safsatalari bilan o`tirganlarning miyasini qotirib yuboribdi. Shunda bir mo`ysafid qariya undan so`rabdi:
— Kechirasiz o`g`lim. Bir savolim bor edi?
— Marhamat, — debdi yigit.
— Qo`y ham, sigir ham bir xil yem-xashak yeydi-ku, nega ularning axlati har xil?
Yigit o`ylanib qolib:
— ....Bilmadim,— debdi.
— B...qni ham farqiga bormaysiz-u, siyosatga aralashib nima qilasiz, bo`tam..?!, — debdi chol.

Ayol dugonasiga:
— Dugonajon, erim endi menga xiyonat qilmayapti!
— Voy, rostanmi? Anchadan berimi?
— Ha, rost. Ertaga qirqini o`tkazamiz.

Er divanda gazeta o`qib o`tirsa, xotini protivogaz kiyib yoniga o`tiribdi. Eri hatto qaramabdi.
Xotini eriga:
— Menga e’tibor ham bermaysiz-a, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Qoshingni teribsanmi? - dermish

Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg`ovul, bedana, kaklik go`shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o`n kun o`tdi, qush go`shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so`qim go`shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so`ragan edi, u ikki qo`lini boshi ustiga shoxga o`xshatib, o`z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so`radi vazir.
— Elchining ikki qo`lini boshi ustiga ko`targani uning podshoni ko`rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.

Er uyga kelsa xotini qip-yalang`och yurganmish.
Er:
— Xotin, shkaf to`la kiyimlaring bo`lsa, har oy senga 1-millionlik ustbosh olib bersam, deb borib shkafni ochib:
— Mana Hindistondan kelgan djempering, mana Dubaydan kelgan ko`ylaging, mana Turkiyadan kelgan ko`ylaging, mana.... iye Ahmad bu yerda nima qilyabsan qochib tur, mana Yaponskiy ko`ylaging.... - dermish.

Bir tilanchi eshikni taqqillatibdi.
Uy egasi eshikni ochib, tilanchini ko`ribdiyu bitta non chiqarib beribdi. Tilanchi esa:
— Menga tort bersangiz, debdi.
— Iye, nega? Doim non olardingku?
— Bugun mening tug`ilgan kunim...

Birinchi sinf o`quvchisi ilk marta maktabga borib qaytgach, kayfiyati yomon, sumkasini otib yuboribdi.
Onasi:
— Nima bo`ldi? - desa.
Bola:
— Maktabni obedgacha degandiz, 9 yil ekanku, - dermish

Ikki ayolning "Korzinka" supermarketidagi suhbatidan:
— Bilasanmi Maryam, sotuvga qo`yilgan bir tog` yuvish vositalaridan qay birini olishni bilmay, boshim qotib qoldi. Sen polni yuvish uchun nimadan foydalanasan?
— Erimdan-da. Bilasanmi, natijasi zo`.o`.r!