Bo`limlar
Latifalar
Bir kishining xotini vaznini o`lchamoqchi bo`lib tarozi ustiga chiqibdi-da, semiz qornini ichiga torta boshlabdi. Buni ko`rgan er:
— Ovora bo`lma xotin, baribir vazning kamayib qolmaydi, - deb kulibdi.
Xotini esa eriga qarab:
— Hech bo`lmasa tarozi nechini ko`rsatayotganiga qarab olay!, - debdi.

Rahbar kotibasiga:
— Qahva keltir!
Kotiba:
— Qahvani Braziliyadan keltirib bo`lishgan. Men sizga uni tayyorlab berishim mumkin.
Rahbar:
— Shu aqlingni imtihonda ishlatganingda, hozir qahva tashib yurmasding!

Bir kishi dengizdan tilla baliq tutib olibdi. Baliq tilga kirib:
— Meni qo`yib yuborsang, uchta tilagingni amalga oshiraman!, - debdi.
— Roziman. Faqat bitta shartim bor! Menga nima bersang, qaynonamga uch baravar ko`proq berasan, - debdi haligi odam. Baliq ham shu shartga ko`nibdi.
— Menga bitta mashina, qaynonamga esa uchta mashina ber. Menga bitta dalahovli ber, qaynonamga — uchta. Uchinchi tilagim: menga kichkinagina yurak xuruji, qaynonamga ...

— Bitta yo`llanmaga butun oila dam olishi mumkinmi?
— Mumkin, agar yo`llanma qaynonaga berilsa.

Poyezdda ikki yo`lovchi suhbatlashyapti:
— Mening xotinim farishta.
— Baxtli ekansiz, meniki haliyam tirik.
— Mening xotinim farishta.
— Baxtli ekansiz, meniki haliyam tirik.
Xotin eriga baqiryapti:
— Sizga xizmatkor bo`lish jonimga tegdi, ajrashaman.
— Yo`q, sen bo`shatilding!

Tulki har doim ilonni mazah qilib, oyog`i yo`qligi uchun ustidan kulib yurarkan. Bir kuni tulki ilonni yoniga kelib:
— Endi yarashaylik, urishmasdan, do`st bo`lamiz. - debdi.
Ilon ham rozi bo`lib turganakan, tulki:
— Yarashgan bo`lsak, besh tashla, - degan ekan.

Buyurtmachi qurilish rahbariga:
— Uyimning devorlari juda-yam yupqa emasmi?
— Havotir olmang, hali devorlarga oboy yopishtirib chiqamiz!

— Uylanganimga o`ttiz yil bo`ldi. Faqat bir marttagina xotinim bilan fikrimiz bir joydan chiqqan.
— Qachon shunday bo`ldi?
— Uyimizga o`t tushganda bitta eshikdan qochib chiqqanmiz.

— Shanba kuni to`yga borishim kerak. Lekin hecham borgim kelmayapti.
— Unday bo`lsa borma.
— Bormasam bo`lmaydi-da, kuyov o`zimman!