Latifa matni:
Bir kishining xotini vaznini o`lchamoqchi bo`lib tarozi ustiga chiqibdi-da, semiz qornini ichiga torta boshlabdi. Buni ko`rgan er:
— Ovora bo`lma xotin, baribir vazning kamayib qolmaydi, - deb kulibdi.
Xotini esa eriga qarab:
— Hech bo`lmasa tarozi nechini ko`rsatayotganiga qarab olay!, - debdi.