Bo`limlar
Latifalar
Bo`ri qo`radagi mingta qo`yga tegmasdan, bitta echkini yeb ketibdi. Odamlar cho`pondan:
— Nega bo`ri qo`ylarni yemasdan, echkini yeb ketdi, - deb so`rashsa.
Cho`pon:
— Bo`rining qon bosimi baland ekan, qo`y go`shti yemaydi, - debdi.

Bir ayol xudoga nola qilibdi:
— Ey xudo! Nimaga menga oliyjanob turmush o`rtoq uchratmaysan?
Shu payt ayolga samodan tovush eshitilibdi:
— Senga orzuingdagi erkaklarni yubordim. Sen ular bilan do`st ekaningni aytib, o`zing qayoqdagi ahmoqlar bilan uchrashib yuribsan.

Bir chiroyli qiz do`kon aylanib yurib, sotuvchidan so`rabdi:
— Anavi gulli, bejirimgina ko`ringan narsa nima?
— Bu antiqa sovg`a. "Yagona sevgilimga" degan yozuvi ham bor.
— Shundan menga olti dona berib yuboring!

Boy xizmatkorini chaqirib buyuribdi:
— Kuchugimni dumini kesib tashla!
Xizmatkor hayron bo`lib:
— Axir bu sodiq itingiz Djek-ku
— Ertaga qaynonam kelayotgan ekan. Uni tashrifidan hech qanday xursandchilik namoyish etilmasligi kerak!

Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib:
— So`z bilan odamni har maqomga solish mumkin. Mana, hozir tajriba o`tkazib ko`ramiz, - debdi-da, qayoqqadir telefon qilib so`rabdi:
— Qo`ziboyni mumkinmi?
— Qo`ziboy bu yerda turmaydi, - degan javob eshitilibdi.
Go`shakni bir daqiqadan so`ng olib, yana o`sha raqamni teribdi:
— Qo`ziboyni chaqirib bering.
— Qo`ziboy bu yerda turmaydi deyapman-ku! — go`shakdan asabiy ovoz eshitilibdi.
— Ana, eshitdingizmi, astoydil jahli chiqyapti, - debdi psixolog.
— So`z bilan odamni jinni qilib qo`yish mumkin, - dedi bir talaba. - Ishonmasangiz, telefonni berib turing, hozir ko`rasiz.
Talaba tezda o`sha raqamga qo`ng`iroq qilib:
— Allo! Men Qo`ziboyman. Meni hech kim so`ramadimi?

— Behuda kutyapsan, bolam. Bu avtobus faqat bayram kunlari yuradi, - dedi kampir bekatda turgan o`smirga.
— Bugun mening tug`ilgan kunim, - dermish bola ham...

Ota-onalar majlisida o`qituvchi shikoyat qilibdi:
— O`g`lingizni hulqi meni ancha tashvishga solyapti. Tanaffus payti qizlarning orqasidan yugurishini bir ko`rsangiz edi...
Ota:
— Nima qipti? Axir uning yoshida hamma bolalar qizlarning ortidan yuguradi, - desa, o`qituvchisi:
— Qo`lida katta tosh bilan yugurayotganidan tashvishdaman-da, - dermish.

Sudya:
— Guvoh! Aytingchi, 2015 yil 11 noyabr kuni soat 12 dan 43 daqiqa o`tganda qayerda edingiz?
Guvoh:
— Albatta uyimda, bir qo`limda soat va ikkinchi qo`limda taqvimni ushlab o`tirgandim.

Kinoteatrdagi tomoshabin oldida o`tirgan kishiga dedi:
— Marhamat qilib shlyapangizni olib qo`ysangiz! Biror narsa ko`rarmikinman deb, chiptaga uch ming to`laganman!
— Men ham boshqalar ko`rib qo`ysin deb, bu shlyapaga yigirma ming to`laganman!

Bir kishi xiyobondagi o`rindiqda hafa bo`lib o`tirsa, yonidan o`tib ketayotgan odam so`rabdi:
— Nega g`amginsiz? Nima gap?
— Yonimga o`tirgin, aytib beraman!
Haligi odam ham o`rindiqqa o`tirib, - nima bo`ldi?, - desa,
— Biz o`tirgan o`rindiqni yaqinda bo`yab ketishibdi, - dermish.