Bo`limlar
Latifalar
Ota-onalar farzandlarini birinchi sinfga tayyorlashmoqda. Harajatlari esa go`yoki turmushga berayotganga o`xshaydi-ya!
Bir kishiga savol berishibdi:
— Kim ko`proq hayotidan mamnun bo`lib yashaydi? To`rtta bolasi bor odammi yoki to`rt million puli borimi?
— To`rtta bolasi bor odam-da! Chunki, to`rt millioni bor odam yana ko`proq pul xohlayveradi...

— Sen ahmoqsan!
— Lekin go`zalman!
— Buni senga kim aytdi?
— Sen!
— Shunga ishondingmi?
— Albatta!
— Ana, ahmoqsan-da.
— Lekin go`zalman!
— Lekin go`zalman!
— Buni senga kim aytdi?
— Sen!
— Shunga ishondingmi?
— Albatta!
— Ana, ahmoqsan-da.
— Lekin go`zalman!
Tergov jarayonida tekshiruvchi-revizorga savol berishibdi:
— Maoshingiz 200 ming bo`lsa, yuz millionlik uy-joyni qanday qilib qurdingiz?
— Juda-yam oddiy. Qurilish mollari omborida tekshiruv olib borayotganimda uyimni qurilishi bitdi.

— Itingizni dumini nega kesib tashladingiz?
— Qaynonam kelganida dumini likillatganiga chiday olmadim.

Xotin erdan arazlab onasinikiga ketib qoldi. Lekin ko`p o`tmay qaytib kelib eriga:
— Meni kechiring, - deb yolbora boshladi.
Erning fig`oni falakka chiqdi:
— Ketib qolganingni kechirishim mumkin, ammo qaytib kelganingni u dunyo, bu dunyo kechirmayman!

— Bugun ertalab juda barvaqt turdim. Hiyobonda yugurib yursam, qarshimdan o`zga sayyoralik chiqib qoldi.
— Qo`ysang-chi! Hech ham ishonmayman, seni barvaqt turib, yugurganingga!

Bir odam taqdir taqazosi bilan qamoqqa tushib qolibdi. Qamoqda uni soqchi biqiniga urib, turtib olib ketayotsa, haligi odam:
— Sekin, hoy ukam sekinroq. Avval muomalangizni to`g`rilab oling. Bunaqada hech kim kelmay qo`yadi bu yerga, - dermish.

Bir yosh qiz do`konga kirib, har xil buyumlar xarid qilibdi. Hamma narsalarni bir donadan sotib olayotsa, sho`x yigit gap "otibdi":
— Yaxshi qiz, bir o`zingiz yashaysizmi?
Qiz viqor bilan:
— Ha, qayerdan bildingiz?, - desa,
— Juda-yam xunuk ekansiz-da..., - dermish.

Qahraton qish kunlarining birida, ko`chada qalin qor yog`ib, kuchli bo`ron esayotgan ekan. Bir kishining eshigi taqillab qolibdi. Qarasa, eshik oldida sovuqdan muzlab qolgan go`zal ayol turgan emish. Uy egasi uni ichkariga taklif qilibdi. Ayol:
— Muzlab qoldim, - debdi.
Haligi kishi ayolni olov yoniga taklif qilibdi.
— Baribir isimayapman, - debdi ayol yana.
Ayolni issiq kiyimlari bilan o`rab, qaynoq choy bergan kishi, - endi-chi?, - debdi.
— Bunday vaqtlarda rahmatli erim meni quchoqlab, tanasi bilan isitib qo`yardi, - deb erkalana boshlabdi ayol.
Uy egasi esa:
— Ko`chada qalin qor yog`ib, kuchli bo`ron ko`tarilgan. Bunday havoda eringizni tanasini olib kelolmayman, - degan ekan.