Bo`limlar
Latifalar
— Eshitishimcha, uylangan emishsan.
— Ha, ko`chadagi oshxonalarda ovqatlanib yurish yoqmayotgan edi.
— Endi-chi?
— Endi yoqyapti.

Bir odam sigirini sotmoqchi bo`lib bozorga olib kelibdi. Xaridor so`rabdi:
— Sigiringiz sersutmi?
— Ha, suti yaxshi. Ammo bitta kamchiligi bor.
— Qanaqa kamchilik ekan?
— Sog`ilayotganda qattiq tepadi.
— Hechqisi yo`q, sigirni xotinim sog`adi.

Katta bir korxonaning rahbari ishchilar intizomini tartibga solib qo`ymoqchi bo`libdi. Ishyoqmas, dangasa biror xodimni ishdan bo`shatib, qolganlarga namuna ko`rsatib qo`yish niyatida tekshiruvga chiqibdi. Qarasa, bir yosh ishchisi korxona hovlisida devorga suyanib, dam olib turgan ekan. Rahbarning fig`oni falakka chiqibdi. Yosh yigitning yoniga kelib:
— Senga bir haftada nechi pul to`lashadi?, - deb so`rabdi jahl bilan.
— Olti yuz ming, - javob beribdi hayron bo`lib.
Rahbar boshqalarga ham o`rnak bo`lsan degan maqsadda, xonasidan ikki yarim million olib chiqibdi-da yosh ishchisini qo`liga tutqazib debdi:
— Mana, to`rt haftalik maoshingni ortig`i bilan olgin-da, bu yerdan yo`qol, qaytib kela ko`rma!
Yigit pulni olib, indamasdan ketibdi. Rahbar esa bu holatni kuzatib turgan ishchilarga qarata:
— Kim edi u ishyoqmas?, - deb so`rasa,
Ishchilardan biri:
— Pitssa tashish xizmatidan edi. Olib kelgan pitssasini pulini kutib turgandi, - degan ekan.

Bir shaharlik olifta yigit coch qo`yib, tor futbolka, tor shim kiyib, qulog`iga zirak ham taqib olibdi-da, qishloqqa mehmonga boribdi. Ketayotsa, oldidan qari otaxon chiqib qolibdi. Yigit otaxonga calom beribdi. Otaxon alik olib, yigitga qarab turibdi-da:
— Barakalla, baxtli bo`l qizim, - debdi.

Hayotda oliyjanob erkaklar qolmagani haqidagi gaplar noto`g`ri. Mana masalan, men bugun xotinimga soyabon tutib turdim. U mashina g`ildiraklarini tezgina almashtirib oldi...
Boshliq yangi hisobchini ishga olmoqchi bo`lib, nomzodlarni suhbatga chaqiribdi:
— Ikki karra ikki nechi bo`ladi?, - deb savol beribdi. Hammadan "to`rt" degan javob chiqibdi. Faqatgina bitta nomzod javob bermabdi. Yolg`iz qolishgach, boyagi indamay o`tirgan nomzod boshliqqa yaqin kelib:
— Nechi bo`lsin xo`jayin? Qancha qilib beray?, - degan ekan, boshliq o`sha nomzodni ishga olibdi.

— Og`ayni, sen chet ellarga tez-tez borib turasan. Aytchi, Parijga borib-kelish qanchaga tushadi?
— Agar xotining bilan borsang, taxminan bir yarim ming yevro ketadi. Agar yolg`iz borsang, besh-olti ming yevrodan kam pul olma!

Sud jarayoni ketmoqda. Sudya ayblanuvchidan so`radi:
— Kasbingiz nima?
— Akrobatman!
— Qo`riqchi, zudlik bilan derazani yoping!!!

Kotiba boshlig`iga dedi:
— Xotiningiz telefonda iltimos qilyapti.
— Iltimos qilyapti? Unda bu mening xotinim emas!

Kutubxonada:
— O`z joniga qasd qilish to`g`risidagi kitoblar qayerda?
— Chapdagi uchinchi javonda.
— Axir u yer bo`m-bo`shku?
— Bu joydan kitob olganlarning birortasi ham qaytarishmaydi-da.