Ichak uzdi
Bir ayolni to`rtta bolalari bor ekan. Bolalarini to`palonidan boshi og`rib ketgan ayol:
— Bas qilinglar bolalar! Bozor bo`lib ketdi, - desa, bolalari:
— Bozor bo`lsa, bizga xo`rozqand olib bering! - dermish.

Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o`tib, pivo olmoqchi bo`lgan ekan, bo`rini jahli chiqib, quyonni to`xtatibdi:
— Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko`rmayapsanmi?
Quyon:
— Yur, bir chetga o`taylik, gapim bor!
Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o`ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog`dan ko`tarib:
— Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi.
— Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi.
Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo`l uzatgan ekan, arslon o`kiribdi:
— Jonga tegding-ku! Navbatga tur!
Quyon arslonni ham yetaklab, o`rmon ortiga olib o`tsa, u yerda odamxo`r dev turgan emish.
— Yana go`sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko`rib.

O`ta tarbiyali odamning qarzdor tanishiga yozgan SMSi:
" Juda qo`pol gaplar bilan so`kib aytyapman, olgan qarzingni qaytarib ber!"

Taksida ketayotsam, haydovchi mamnun ohangda menga gap boshladi:
— O`z kasbimdan mamnunman. O`zimga-o`zim xo`jayin. Hech kim menga buyruq bermaydi.
Shu vaqt haydovchini gapini bo`ldim-da:
— Chorrahadan o`ngga qayriling! - dedim.

— Shu xonada uxlasam, nuqul tushimga qo`rqinchli odamlar kiraveradi.
— Ishxonada uxlashga balo bormi?...
— Ishxonada uxlashga balo bormi?...
Internetda yosh qiz:
— Abror aka, men sizga turmushga chiqishga roziman. Biz dunyodagi eng baxtli oila bo`lamiz!
Yigit:
— Nimalar deb valdirayapsiz?! Axir men bor-yo`g`i sizni rasmingizga "Klass" bosdim-ku!?

Bir erkak bog`chaga kelib, tarbiyachi qizga:
— Men o`g`limni olgani keldim. Hov anavi bolani kiyintirib bering, - debdi. Tarbiyachi hayron bo`lib:
— U bola sizniki emas-ku desa, erkak:
— Farqi nima? Ertaga yana qaytib keladi-ku shu yerga, - dermish.

Bir odamning qo`shnisi qazo qilibdi. Sherigi bilan qo`shnisiga qabr kovlagani borishibdi. Navbat bilan kovlay boshlabdi. Oxiri sherigi tushibdi-da, kovlab bo`gandan keyin:
— Uf-f, charchadim, - deb o`tirib olibdi.
— Chiq! - desa,
— Odam charchagandan keyin go`rdanam chiqgisi kelmay qolar ekan, - dermish.

Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o`rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo`ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo`q-ku!
Yana o`sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o`tdim. U meni 3 martta suratga oldi.
Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...!

Sanatoriyga dam olish uchun kelgan odam xonasiga joylasha turib, sherigidan so`rabdi:
— Bu yerni ovqatlari yaxshimi? Qorin to`yadimi? - desa, sherigi:
— Bir bo`lak non bersangiz aytaman, - dermish.