Hayvonlar pivoga
Latifa matni:
Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o`tib, pivo olmoqchi bo`lgan ekan, bo`rini jahli chiqib, quyonni to`xtatibdi:
— Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko`rmayapsanmi?
Quyon:
— Yur, bir chetga o`taylik, gapim bor!
Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o`ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog`dan ko`tarib:
— Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi.
— Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi.
Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo`l uzatgan ekan, arslon o`kiribdi:
— Jonga tegding-ku! Navbatga tur!
Quyon arslonni ham yetaklab, o`rmon ortiga olib o`tsa, u yerda odamxo`r dev turgan emish.
— Yana go`sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko`rib.