Ichak uzdi
Bir-birini "ko`ra olmaydigan" ikkita dugona uchrashib qolibdi:
— Voy dugonajon, buncha semirib ketding?!
— Iye, bu hali ozganim-ku! Bir oy avval ko`rganingda edi, huddi sendek semiz edim...

Telefon suhbatining "Oltin qoidasi":
"Go`shakni joyiga qo`yganingga ishonch xosil qilgach, g`iybatni boshla!"

Asabga ko`p tegadigan uchta savol:
1. To`ying qachon?
2. Diploming bo`yicha ishlayapsanmi?
3. Keling, kiyim tanlashga yordam beraymi?! (do`konda)

Bir maxalla raisi majlis o`tkazayapdi:
— Ayol erkaksiz yashay olmaydi, erkak ayolsiz! Ikkalasi go`yoki suv bilan baliqqa o`xshaydi... Suv bo`lmasa, baliq o`lib qoladi.
Baliq bo`lmasa, suvga o`rdak qo`nmaydi, - deb tursa:
— Bekor gap, - deb qolibdi bir kampir, — Mana mening cholim o`lganiga 30 yildan oshdi, yashayapman-ku?! - yo`q desa, mahalla raisi:
— Onaxon men baliq haqida gapirayapman, kapchyonniy haqida emas, - dyermish.

Chol yoshlikni eslaylik deb, kampirini sevishganlar bog`iga olib boribdi. Gaplashib turishsa, bog` qorovuli xizmatchisi kelib:
— Jarima to`laysiz! Ahloqsizlik uchun! - debdi.
Shunda chol:
— Uzr bolam, birinchi marta kechira qol, - debdi.
Haligi qorovul o`ylanib turib:
— Mayli sizni kechiraman! Ammo, manavi kampirni avval ham ko`p martta ogohlantirganman, - debdi.

Mebel magaziniga bir xaridor kelib, sotuvchiga kecha sizlardan olib ketgan stulni oyoqlari sindi, - desa, sotuvchi:
— Stulni ustiga birov o`tirgandur-da?! - dermish.

Telegramda:
— U mendan mashinangiz bormi? - deb so`radi. Men esa:
— Ha albatta, - dedim. Shundan so`ng u:
— Rostanmi? - dedi.
— Ha, faqat u menga emas, onamga tegishli. Agar menga turmushga chiqsang, u seniki bo`ladi, - dedim.
U xursand bo`ldi. Keyin mendan mashinani rasmini jo`natishimni so`radi. Men vannaga kirib kir yuvadigan mashinani rasmga olib jo`natdim. 2 daqiqadan keyin qarasam, u meni bloklab qo`yibdi. Balki, unga tikuv mashinasi bor yigitlar yoqar???

Bir odam advokatga kelib, maslahat so`rabdi:
— Do`stim mendan 500 ming qarz olgan. Lekin hecham tan olmayapti. Nima qilsam bo`ladi?
Advokat:
— Siz do`stingizni yoniga boring-da, 1 million qarz ekanini unga ayting!
— Axir u 1 million emas, 500 ming qarz ekanini aytib to`palon qiladi-ku?!
— Ana shu gapi sizga isbot bo`ladi!

Yosh kuyovni xotini ko`zi yorish arafasida. Kuyov kelinni mashinada tug`ruqxonaga olib ketmoqda. Yo`llaridan qora mushuk o`tib ketsa xotini:
— Voy dadasi, endi men qop-qora bola tug`aman, shunaqa irim bor, - debdi. Ovsar kuyov uyiga kelib onasiga:
— Oyi shu rostmi? Yo`limizdan qora mushuk o`tgandi. Xotinim endi qora bola tug`adimi? — desa. Buni kuzatib turgan dadasi:
— Xotin, sen tug`ruqxonaga ketayotganingda oldingdan eshak o`tmaganmidi? — dermish.

Avtobusga to`lachadan kelgan ayol chiqibdi. Hammani turtib-surtib o`tib ketayotsa, bir ozg`ingina juvon ming`irlabdi:
— Sal kamroq ovqat yesangiz, shunaqa semirib ketmaysiz!
To`ladan kelgan ayol o`girilib:
— Sen ham ichingdagi gijjalaringni tozalasang, qiltirab yurmasdan semirarding, - degan ekan.