Latifa matni:
Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o`rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo`ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo`q-ku!
Yana o`sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o`tdim. U meni 3 martta suratga oldi.
Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...!