Ichak uzdi
Ishbilarmon kishi chet ellik hamkorlari bilan majlis boshlay turib, kotibasiga:
— Menga qahva, manavi uchta ajnabiylarga esa choy olib keling! - desa, mehmonlardan biri:
— Men tarjimonman! Gapingizni tushunib turibman, - debdi.

Yosh yigit ko`chada otaxonni uchratib qolib, so`rabdi:
— Amaki, chekishdan bormi?
— Mana, ol bolam!
— Gugurt-chi bormi?
— Mana, ol gugurt! Saqich ham bor, beraymi?
— Bering, amakijon.
Chol saqichni uzatib turib dermish:
— Eh, axir men sehrgar edim. Sen bo`lsa arzimagan uchta tilagingni tilab bo`lding...

Uchta erkak 8 mart kuni mazza qilib maishat qilib o`tirishibdi-da, kechasi uyiga sovg`alarsiz qaytishibdi.
Ertasiga ko`rishib, bir-biridan hol-ahvol so`rashibdi. Birinchisi:
— Kecha men uyga borsam, xotinim janjal ko`tardi.
Ikkinchisi:
— Meni xotinim hafa bo`lib, arazlab gaplashmadi.
Uchinchisi:
— Meni xotinim esa yedirib, ichirib qornimni to`ydirdi.
— Nima??? Nimalar yeb-ichding?
Uchinchi erkak xo`rsinib debdi:
— Kaltak yeb, zahar ichdim...!

Ikkita jinni baland binoga qarab turib suhbatlashmoqda:
— Shu binodan pastga sakragan odam, nechi kunda yerga tusharkin?
— 3 kunda tushsa kerak?!
— Tushgan odam o`larmikin?
— Esing joyidami? 3 kun ovqat yemaydi, suv ichmay-yu, o`lmaydimi?!

Ikki dugona do`konga kiribdi. Birinchi qiz Yogurt sotib olibdi-da, shu zahoti ustidagi qopqog`ini ocha boshlabdi. Buni ko`rgan ikkinchisi:
— Esing joyidami? Loaqal kassani yonigacha bormaysanmi?! - desa, haligi qiz:
— Ahmoqmisan? Mana, qopqog`ini ustiga "Shu yerdan oching" deb yozib qo`yibdi-ku!?, - dermish.

Bir o`zbekdan so`rashibdi:
— Nimaga sizlar savolga savol bilan javob qaytarasizlar?
O`zbek javob qaytaribdi:
— O`zingiz nima deb o`ylaysiz?

— Bizni korxonamizda ikkita xodim bir kunda uylanishdi. E’lonlar taxtasida quyidagi yozuvni ko`rdik!
"Botir va Akmaljonlarning nikoh to`ylari bilan tabriklaymiz"!!!

Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo`libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o`zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
Ertasiga qaynona o`rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O`rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o`zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o`ylabdi:
— Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog`i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi.
Ertasi kuni ertalab ko`chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish.

Taksi dispetcheri haydovchi bilan aloqaga chiqibdi:
— Beshinchi, beshinchi... Buyurtma olasizmi? Mijoz samolyotga kech qolyapti. vaqtida yetkazib borasizmi aeroportga?
— Ha, mijoz samolyotga o`z vaqtida yetib boradi. Avtomobilimda yana bitta mijozim bor!
— Samolyot 10 daqiqadan so`ng uchar ekan. Yo`llar tirband bo`lsa, qanday qilib kechikmasdan olib bormoqchisiz?
— Gap shundaki, mashinamda o`tirgan mijoz uchuvchi - shu samolyotning boshqaruvchisi bo`ladi.

— Mastmisan? Yana ichdingmi?
— Ichmadim. Kim senga aytdi?
— Ko`zlaring aytib turibdi-ku!
— O`zing g`irt mastmisan deyman. Ko`z ham gapirar ekanmi?!