Latifa matni:
Bir erkak bog`chaga kelib, tarbiyachi qizga:
— Men o`g`limni olgani keldim. Hov anavi bolani kiyintirib bering, - debdi. Tarbiyachi hayron bo`lib:
— U bola sizniki emas-ku desa, erkak:
— Farqi nima? Ertaga yana qaytib keladi-ku shu yerga, - dermish.