Ichak uzdi
Agar o`ng oyoqni paypog`i, chap oyoqni paypog`idan ajralib tursa, demak uni yuvadigan payt kelibdi!
Har kuni bir kishi bozorda rediska sotadigan kampirga 1000 so`m berib, rediska olmasdan ketarkan.
Bir kuni haligi odam yana 1000 so`m berib, ketayotsa, kampir uni qo`lidan shartta ushlabdi. Shunda kishi:
— Hoynaxoy xolajon bu safar rediska olmasligimni sababini so`ramoqchi bo`lsangiz kerak?! - desa, kampir:
— Rediska olasanmi-yo`qmi bu meni qiziqtirmaydi. Rediska 1500 bo`ldi! - dermish.

Adolat izlab juda ko`p yuribdi. Lekin, boshqa yo`ldan ketayotganini bilmas ekan.
Ikkita hamkasblar kechki payt ishdan chiqishibdi. Birinchisi debdi:
— Bitta iltimosim bor, hozir boshlig`imiz ishdan chiqadi. Sen uni haydovchisisan-ku! Mashina buzilgan deb biroz shu yerda uni ushlab turgin. Bugun boshlig`imizni qizi bilan uchrashmoqchi edim, - debdi.
Haydovchi istar-istamas zo`rg`a rozi bo`libdi.
Boshliq ishdan chiqib:
— Qani ketdik-mi?! - desa, haydovchi:
— Mashina negadir o`t olmayapti!? - deb bahona qilib, ancha vaqtgacha ushlab turibdi. Buni sezgan rahbar:
— Nega meni aldayapsan? To`g`risini ayt! Aks holda ishdan bo`shataman! - deb baqira ketibdi.
Boshqa chorasi qolmagan haydovchi bor gapni aytib beribdi. Shu yerda ishlaydigan do`sti uning qizi bilan uchrashmoqchi ekanini, shunga u mashina buzildi deb, bahona qilganini aytsa, boshliq xoxolab kulib:
— Laqma ekansan-ku! Meni umuman qizim yo`q. Undan ko`ra uyingga borib o`zingni qizingdan xabar ol!!! - degan ekan.

Yarim kechada tashqariga chiqib ketgan er, birozdan so`ng shalabbo bo`lib qaytibdi.
— Yomg`ir yog`yaptimi? - so`rabdi xotini.
— Yo`q. Kuchli shamol bo`lyapti, - dermish eri.

Bog`chadan qaytgan qizaloq kollejda o`qiydigan opasiga shoshib:
— Opa-opa, sizga she’r aytib beraymi? - deb so`rasa, opasi jilmayib:
— Mayli, aytib beraqol! - debdi. Qizaloq yana:
— Faqat siz qarsak chalib turing, xo`pmi? - debdi. Opasi ham:
— Xo`p, aytaqol! - deb qarsak chalishni boshlasa, qizaloq:
— Hamma qizlar o`qishda,
Kitob o`qib yuribdi!
Bitta ahmoq bu yerda,
Qarsak chalib turibdi! - dermish.

Qizaloq onasiga debdi:
— Oyijon, men 5 yoshdaman! Nigora esa 3 yosh. Men kattaman!!!
Onasi:
— Qizim, men 33 yoshdaman! Men kattaman...
— Qizaloq onasini qulog`icha pichirlab:
— Oyijon,kattaman emas, qariman deng...!

Bankni tunagan o`g`ri pullarni sanab ko`rib:
— Bor-yo`g`i ellik million ekan..., - dedi g`azabli ohangda.
Shu payt radiodan: "Shahrimizda joylashgan banklardan birida qo`poruvchilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tomonidan, bir milliard miqdordagi pul o`g`rilab ketildi" - degan xabar tarqaldi. O`g`rining battar jahli chiqib, o`ziga-o`zi ming`irlab debdi:
— Hayotimni xavf ostiga qo`yib, atiga ellik million o`g`irlay oldim xolos! Bank boshqaruvchisi esa, o`tirgan joyida to`qqiz yuz ellik million ishlab oldi-ya...!!!!

Oqshom ertagini bu safar o`g`liga otasi o`qib bermoqda:
— Malika juda-yam go`zal ekan... U shunchalar chiroyli edi-ki, shahzoda butun oqshom undan ko`zlarini uza olmabdi.
— Ada, nega shahzoda malikani ko`zlarini uzib olmoqchi bo`lgan???

Dunyodagi 95 foiz qizlar bir xil turdagi yigitni orzu qilishadi:
Ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqilli, ...
Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo`la turib, hanuzgacha bo`ydoq yurgan yigitni hech kim ko`rmagan...!