Bo`limlar
Latifalar
Askar chegara buzg`unchisini qo`lga olibdi. Buzg`unchi sigir terisini yopinib olib, mollar podasi orasida o`tib ketayotganda chegarachi uni payqab qolibdi.
Buzg`unchini qo`lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo`lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o`tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o`tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo`lni ko`rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo`lni yaxshi bilishadi-ku!

Bir tanishim gapirib berdi. U ishxonada biror qiyinchilikka duch kelsa, cho`ntagidan xotinini suratini olib, qarab qo`yarkan-da, darhol tinchlanarkan.
Xotinini suratiga qarab shunday der ekan:
"Yetti yildan beri shu shallaqi, janjalkash, vaysaqi bilan yashab kelyapman-ku, ishxonadagi qiyinchiliklar buni oldida nima bo`pti?! Hammasi joyida!"

— Sen birinchi uzat!
— Yo`q, sen uzat!
— Birinchi uzat!
— Uzat!
— Bunaqada oshni tarqatib bo`lmaymiz. uzat, kutib qolishdi mehmonlar.

Xotin eriga:
— Meni hech qayerga olib bormagansiz...!
Er:
— Mayli, ertaga axlat tashlashga birga olib ketaman.

Yosh o`qituvchi sinfga kirib kelib:
— Salom bolajonlar, - desa, sinfdagi bolalar bir ovozdan:
— Yo`qol, chiqib ket! - deb baqirishibdi.
Qo`rqib ketgan yosh o`qituvchi direktor xonasiga yugurib kirib, vaziyatni tushuntirsa, direktor:
— Bu sinf o`quvchilariga avval "qarmoq" tashlab ilintirib olish kerak. keyin dars boshlaysiz. Yuring ko`rsataman, - deb sinf eshigini tepib kiribdi-da:
— Orangizda kim globusni koptok qilib o`ynay oladi? - so`rabdi.
O`quvchilar:
— Globus nima o`zi? - deyishibdi.
— Globus haqida yangi o`qituvchingiz gapirib beradi, - degan ekan.

— Kompyuterim printerni ko`rmayapti.
— Qanaqasiga?
— Shunaqa deb yozib chiqyapti. Printerni kompyuterimni oldiga olib kelib qo`ysam ham ko`rmayapti.
— Qo`ling bilan ko`rsatib ko`r-chi...!

— Allo, menga yordam kerak!
— Nima gap?
— Ikkita qiz meni talashib urishmoqda!
— Xo`sh, nima bo`pti?!
— Xunugi g`alaba qilyapti!
— Nima gap?
— Ikkita qiz meni talashib urishmoqda!
— Xo`sh, nima bo`pti?!
— Xunugi g`alaba qilyapti!
Afandi bir kuni tovuqlariga qarab hayol surib o`tirsa, xotini ko`rib:
— Nimani o`ylab o`tiribsiz, - debdi.
Afandi:
— Biz eng oliy mavjudod bo`la turib, shu parandalarchalik bo`la olmaymiz. Qara, bitta xo`rozni qirqta xotini bor, bolalari esa behisob bo`lsa ham, hech qaysi biriga aliment to`lamaydi va eng qizig`i birorta ham qaynonasi yo`q, - debdi.

Uch og`ayni suhbatlashib qolishibdi. Birinchisi:
— Men o`tgan yili yangi yilni Gavaya orollarida kutib olgandim.
Ikkinchisi:
— Men esa, okean tubida kutib olganman. Ajoyib bo`lgandi...
Uchinchisi:
— Ikkaloving ham men bilan choyxonada kutib olgansan! Kamroq ichish kerak edi!

Mast-alast odam oyoqda zo`rg`a yurib ketyapti. Bir qadam oldinga, uch qadam orqaga qadam tashlarmish...
Yurqasidan kuzatib ketayotgan qari onaxonni rahmi kelib:
— Bolajonim, yurqa bilan yuraqolgin! Tezroq uyingga yetib olasan!!! - dermish.