Askar chegara buzg`unchisini
Latifa matni:
Askar chegara buzg`unchisini qo`lga olibdi. Buzg`unchi sigir terisini yopinib olib, mollar podasi orasida o`tib ketayotganda chegarachi uni payqab qolibdi.
Buzg`unchini qo`lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo`lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o`tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o`tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo`lni ko`rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo`lni yaxshi bilishadi-ku!