Latifa matni:
Afandi bir kuni tovuqlariga qarab hayol surib o`tirsa, xotini ko`rib:
— Nimani o`ylab o`tiribsiz, - debdi.
Afandi:
— Biz eng oliy mavjudod bo`la turib, shu parandalarchalik bo`la olmaymiz. Qara, bitta xo`rozni qirqta xotini bor, bolalari esa behisob bo`lsa ham, hech qaysi biriga aliment to`lamaydi va eng qizig`i birorta ham qaynonasi yo`q, - debdi.