Bo`limlar
Latifalar
Bitta odam qo`shnisini hovlisiga kirib, tovuqxonasidan tuxum o`g`irlabdi.
Tuxumni ushlab turib, hayol sura ketibdi:
"Shu tuxumdan jo`ja ochirib, boqib katta tovuq qilaman. Tovuqni sotib, g`oz olaman, g`ozni ham boqib, sotib, qo`y olaman. Qo`yni semirtirib, sotib, buzoq olaman! Buzoqni katta buqa qilib, uni ham sotib, mashina olaman!", deb hayol surib tursa, qo`shnisi kelib qolibdi.
O`g`rini ko`rib:
— Tuxumni joyiga qo`y! - deb baqirgan ekan, tuxum qo`lidan tushib, sinib ketibdi. Shunda haligi o`g`ri odam:
— Mashinamni to`lab berasan! - deb baqira ketgan ekan.

Bir ayolni eri jag`ini sindirib, gipsda kasalxonada yotgan ekan. Ko`rgani kelgan xotini unga:
— Mana azizim, sizga sabzi, turp, olma, rediska olib keldim. Yeb yoting! Keyingi safar nima olib kelay? - desa,
eri gipslangan og`zi bilan zo`rg`a:
— Yong`oq olib kel! Chaqib yotaman, - dermish.

Bir ayol ijtimoiy ta’minot bo`limiga 15 ta bolasini yetaklab, kirib kelibdi.
— Oho! — hayratlandi xizmatchi. — Bularning hammasi o`zingiznikimi?
— Ha, hammasi o`zimniki, - javob beradi ona.
— O`tir, Eshmat, — desa, hamma bolalar o`tiribdi.
— Xo`sh, - debdi xizmatchi, — sizlarni ro`yxatga olishim kerak. Menga bolalaringizni ismlarini aytsangiz.
— Hammasi oddiy, — javob beribdi ona. — O`g`il bolalarning ismi Eshmat, qizlarniki esa Anzirat.
Quloqlariga ishonmagan xizmatchi yana savol beribdi:
— Jiddiy aytyapsizmi? Ularning hammasi Eshmat bilan Anziratmi?
— Ha, bu hayotimni ancha yengillashtiradi. Ertalab ularni bitta qilib chaqiraman, hammasi uyg`onishadi. Tushlik vaqtida ham “Eshmat!”, “Anzirat!” deyman, ular kelishadi. Qachon ularga tanbeh bersam, baqir-chaqirni to`xtatadi. Menimcha, bu eng zo`r g`oya!
Ijtimoiy yordam xizmatchisi yana savol beradi:
— Agarda hammasini emas, faqatgina bitta bolani chaqirmoqchi bo`lsangiz nima qilasiz?
— Undami, ularni faqat familiyasi bo`yicha chaqiraman.

Fizika o`qituvchisi Azizga yer shari qanday aylanishini tushuntirib beribdi.
Aroqxo`r qo`shnisi Toshpo`lat aka esa Azizga yer nima uchun aylanishini gapirib beribdi.

— Azizim, menga nisbatan biror tuyg`u his qilasizmi?
— Ha, albatta!
— Unda nega qo`limni so`ramayapsiz?
— Rahm-shavqat tuyg`usi bilan turmush qurib bo`lmaydi-da...

Yapon va o`zbek garov o`ynashibdi. Kim uzoqroq umr ko`rishini bilmoqchi bo`lishibdi.
O`zbek Yaponiyaga borib qarasa, 103 yoshli qariya o`tirgan ekan.
Keyin yapon O`zbekistonga kelibdi. Bir payt qarasa, tog`dan 102 yoshli qari o`zbek otaxon yugurib tushib kelayotganmish.
— Nima bo`ldi? - deb so`rashsa: o`zbek otaxon:
— Otamdan qochib kelyapman. Bobomni xassasini berkitib qo`ygandim, - dermish.

— Bemor nimadan vafot etdi?
— Muhabbatdan!
— Shunchalik sevarmidi? Kimni?
— U aroqni jonidan ortiq ko`rardi!
— Muhabbatdan!
— Shunchalik sevarmidi? Kimni?
— U aroqni jonidan ortiq ko`rardi!
Onasi qo`lida kichkina bolakayni ko`tarib ketayotsa, haligi bola hadeb o`tgan-ketganlarga, — Jo`na, yo`qol, bor ket! - deb baqiraverarkan.
Bir kishi:
— Hoy bola, o`zi kichkina bo`lsang, yurishni ham bilmasang... Namuncha yomon so`zlarni gapiraverasan?! Bas qil! - debdi.
Bolakay:
— Siz-chi, yurishni bilasizmi? - desa, kishi:
— Ha, bilaman, - debdi.
— Unaqada jo`na, yo`qol, bor ket! - dermish yana bolakay...

Yangi mashina olgan bir ayol avtoservisga borib ustaga:
— Yangi mashina olgandim, hech o`t olmayapti. Iltimos, bir ko`rib qo`ysangiz, - debdi.
Mashinani ko`zdan kechirib bo`lgach, ayolga:
— Mashinangizni tuzatish uchun ancha ishlashimiz kerak. Bir necha qismlarini almashtirishimiz kerak. 300 ming berasiz, bir haftada tayyor bo`ladi, - debdi usta.
— Bir kunda tuzatishni iloji yo`qmi? - so`rabdi ayol yolvorib.
— Bir kunda tuzatsak 500 ming bo`ladi, - degan ekan, ayol pulni berib, — Ertaga kelaman, - deb ketibdi.
Shunda shogirdi ustaga:
— Nima qilish kerak buni, - desa, usta:
— Benzin quyib qo`y! - dermish.

Ikki it o`rgatuvchi bir-biriga maqtanyapti:
— Meni Bobigim bir yil deganda andjanchaga raqsga tushishni o`rganib oldi.
— Ha, xabarim bor! O`tgan kuni Sharigim gapirib bergandi.