Latifa matni:
Onasi qo`lida kichkina bolakayni ko`tarib ketayotsa, haligi bola hadeb o`tgan-ketganlarga, — Jo`na, yo`qol, bor ket! - deb baqiraverarkan.
Bir kishi:
— Hoy bola, o`zi kichkina bo`lsang, yurishni ham bilmasang... Namuncha yomon so`zlarni gapiraverasan?! Bas qil! - debdi.
Bolakay:
— Siz-chi, yurishni bilasizmi? - desa, kishi:
— Ha, bilaman, - debdi.
— Unaqada jo`na, yo`qol, bor ket! - dermish yana bolakay...