Latifa matni:
Yapon va o`zbek garov o`ynashibdi. Kim uzoqroq umr ko`rishini bilmoqchi bo`lishibdi.
O`zbek Yaponiyaga borib qarasa, 103 yoshli qariya o`tirgan ekan.
Keyin yapon O`zbekistonga kelibdi. Bir payt qarasa, tog`dan 102 yoshli qari o`zbek otaxon yugurib tushib kelayotganmish.
— Nima bo`ldi? - deb so`rashsa: o`zbek otaxon:
— Otamdan qochib kelyapman. Bobomni xassasini berkitib qo`ygandim, - dermish.