Latifa matni:
Bitta odam qo`shnisini hovlisiga kirib, tovuqxonasidan tuxum o`g`irlabdi.
Tuxumni ushlab turib, hayol sura ketibdi:
"Shu tuxumdan jo`ja ochirib, boqib katta tovuq qilaman. Tovuqni sotib, g`oz olaman, g`ozni ham boqib, sotib, qo`y olaman. Qo`yni semirtirib, sotib, buzoq olaman! Buzoqni katta buqa qilib, uni ham sotib, mashina olaman!", deb hayol surib tursa, qo`shnisi kelib qolibdi.
O`g`rini ko`rib:
— Tuxumni joyiga qo`y! - deb baqirgan ekan, tuxum qo`lidan tushib, sinib ketibdi. Shunda haligi o`g`ri odam:
— Mashinamni to`lab berasan! - deb baqira ketgan ekan.