Bo`limlar
Latifalar
Muallim o`quvchilarni ogohlantiryapti.
— Bolalar, hech qachon jonivorlarni o`pmang! Bu turli kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin. Eshmat shunga misol keltir!
— Xolam, qachon qarasa to`tiqushini o`pib erkalardi.
— Keyin nima bo`ldi?
— To`tiqush aqldan ozdi.

— Azizim, 8 martga senga nima sovg`a qilay?
— Hmm, bilmaasam...
— Unday bo`lsa, o`ylashinga yana bir yil muhlat beraman.

Bir qulogi kar bo`lgan, kichkintoy Lizani, oyisi erkalab Mono Liza deb chaqirar edi.
Podsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig`ib, farmoni oliy o`qidi:
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko`rdik...
Afandi o`rnidan turib podshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o`tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi podsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o`tirdingiz?
Afandi qo`lini ko`tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o`z vazifamni bajarishga kirishdim!

Er xotiniga maqtandi:
— Qara, qanchalik ko`p baliq ovladim!
— Boshimni qotirmang! Qo`shnimiz uyga kelishdan avval baliq sotadigan do`konga kirganingizni ko`ribdi…
— Nimasini aytasan… Baliq ko`pligidan yarmini do`konga topshirishimga to`g`ri keldi…

Xotin darg`azab bo`lib eriga:
— Gapingizning mazmunidan, siz uchun birinchi o`rinda futbol, ikkinchi o`rinda men turar ekanman-da!
— Sen hali ulfatlarim, ma’ishat va moshinam borligini butunlay unutib qo`yibsan...

Afandi qo`sh xaydab yurib bir xum oltin topib oldi. Atrofiga olazarak qaragan edi, yonida ov qilib yurgan podshoga ko`zi tushdi. «Agar shu oltinlarni podshoga bersam, biror shaharga meni hokim qilar» degan xayol ko`nglidan o`tdi-da, podshoni chaqirdi. podsho ham kela boshladi, U kelguncha, oltinlarning mehri o`tkirlik qilib, uni podshoga bergisi kelmay qoldi. Podsho:
— Nima ishing bor, meni nega chaqirding!— dedi.
— Shohim, siz ko`zchi, didi baland odamsiz, bir chamalab ko`ring-chi, haydalgan joy ko`pmi, haydalmaganimi?— dedi Afandi.
Nihoyatda achchig`langan podsho:
— Ablah, mening ovimga halal berding!— dedida jo`nab qoldi. podsho biroz yurgach, Afandi yana iyib ketdi-da, oltinlarni unga bergisi kelib chaqirdi:
— Shohim, qayting, bir xum oltin beraman! Oltinning nomini eshitgan podsho otining boshini burib qaytib kela boshladi. Biroq u yetib kelguncha Afandi yana aynib qoldi-da:
— Shohim, bir nazar solib qarang, ola ho`kizim tez yuradimi, qorasi ildammi? — dedi Afandi.
Podsho o`z ichida: «Bu jinni odam ekan» deb xayol qil-di-yu otni choptirib ketdi.
Afandi qo`shni tugatib, kechqurun xumni ko`tarib uyiga keldi. Xumni uyga qo`yib, ho`kizlarni joylash uchun molxonaga kirib ketdi. Xotini xumni qaragan edi, ichi to`la oltin. U darrov oltinlarni sandiqqa solib, xumni tosh bilan to`latib qo`ydi.
Afandi molxonadan chiqquncha yana oltinlarni podshoga bergisi kelib qoldi-da, xumni qopga solib ko`tarib, saroyga qarab jo`nadi. Podsho beklari bilan kengashib o`tirar edi. Afandi o`rtaga kirib borib:
— Shohim, sizga bir xum oltin olib keldim,— dedi-da xumni gilamga ag`dardi.
Undan to`kilgan toshlarni ko`rib, hamma ajablandi. Afandi xijolatdan chiqish uchun, dedi:
— Bordi-yu, shu xum to`la tilla bo`lganda, necha botmon kelar edi?

Afandi bir kuni oyna topib olibdi. Unda o`zini ko`rib:
— Iya, bu siznikimi mavlono, kechirasiz, - debdi.

Afandi to`yga borgan edi, ichkariga kirishda kavushini qo`ltig`iga qistirib oldi. To`yboshi Afandini sekin turtib:
— Kavushingiz dahlizda tura berar edi-ku, - dedi.
— Yo`q, - dedi Afandi, — kavushimning yomon fye’li bor: kim «yur» desa, o`rniga eski kavushni qo`yib keta beradi.

Nikoh - shunday voqeaki, undan so`ng erkak gul sotib olishni to`xtatib, oziq-ovqat sotib olishni boshlaydi.