Latifa matni:
Podsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig`ib, farmoni oliy o`qidi:
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko`rdik...
Afandi o`rnidan turib podshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o`tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi podsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o`tirdingiz?
Afandi qo`lini ko`tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o`z vazifamni bajarishga kirishdim!