Afandi qo`sh xaydab
Latifa matni:
Afandi qo`sh xaydab yurib bir xum oltin topib oldi. Atrofiga olazarak qaragan edi, yonida ov qilib yurgan podshoga ko`zi tushdi. «Agar shu oltinlarni podshoga bersam, biror shaharga meni hokim qilar» degan xayol ko`nglidan o`tdi-da, podshoni chaqirdi. podsho ham kela boshladi, U kelguncha, oltinlarning mehri o`tkirlik qilib, uni podshoga bergisi kelmay qoldi. Podsho:
— Nima ishing bor, meni nega chaqirding!— dedi.
— Shohim, siz ko`zchi, didi baland odamsiz, bir chamalab ko`ring-chi, haydalgan joy ko`pmi, haydalmaganimi?— dedi Afandi.
Nihoyatda achchig`langan podsho:
— Ablah, mening ovimga halal berding!— dedida jo`nab qoldi. podsho biroz yurgach, Afandi yana iyib ketdi-da, oltinlarni unga bergisi kelib chaqirdi:
— Shohim, qayting, bir xum oltin beraman! Oltinning nomini eshitgan podsho otining boshini burib qaytib kela boshladi. Biroq u yetib kelguncha Afandi yana aynib qoldi-da:
— Shohim, bir nazar solib qarang, ola ho`kizim tez yuradimi, qorasi ildammi? — dedi Afandi.
Podsho o`z ichida: «Bu jinni odam ekan» deb xayol qil-di-yu otni choptirib ketdi.
Afandi qo`shni tugatib, kechqurun xumni ko`tarib uyiga keldi. Xumni uyga qo`yib, ho`kizlarni joylash uchun molxonaga kirib ketdi. Xotini xumni qaragan edi, ichi to`la oltin. U darrov oltinlarni sandiqqa solib, xumni tosh bilan to`latib qo`ydi.
Afandi molxonadan chiqquncha yana oltinlarni podshoga bergisi kelib qoldi-da, xumni qopga solib ko`tarib, saroyga qarab jo`nadi. Podsho beklari bilan kengashib o`tirar edi. Afandi o`rtaga kirib borib:
— Shohim, sizga bir xum oltin olib keldim,— dedi-da xumni gilamga ag`dardi.
Undan to`kilgan toshlarni ko`rib, hamma ajablandi. Afandi xijolatdan chiqish uchun, dedi:
— Bordi-yu, shu xum to`la tilla bo`lganda, necha botmon kelar edi?