Bo`limlar
Latifalar
Bir kuni mast er uyga kelib eshikni taqillatibdi:
Er:
— Men go`zal ayolga gul olib keldim!
Xotin eshikni ochib qarasa gul yo`q:
— Qani gul??
— Qani go`zal ayol???
Er:
— Men go`zal ayolga gul olib keldim!
Xotin eshikni ochib qarasa gul yo`q:
— Qani gul??
— Qani go`zal ayol???
Og`ayni, devoringa yopishtirgan sur’atdagi hamma qizlar bilan tanishmisan?
— Ho`sh, o`zing-chi, uyingdagi o`n javon kitoblarning hammasini o`qib chiqqanmisan?

— Dada, siz qorong`ida ham yoza olasizmi?
— O`ylaymanki, yoza olaman.
— Unday bo`lsa, chiroqni o`chirib, kundaligimga qo`l qo`yib bering...

Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida:
1 — Yotadigan krovatingni o`zingni sevganingdek sev.
2 — Kimdir dam olayotganini ko`rsang, albatta, yordamga oshiq.
3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko`rma!
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo`lsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sog`lom bo`ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog`ayishsin.
6 — To`satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o`tib ketadi.
7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!!
8 — Agar ko`p ishlash bilan millioner bo`lish mumkin bo`lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo`lar edi.

— Ha, o`rtoq ko`zinga nima qildi?
— Xotinim pomidor bilan urdi.
— Pomidorga shunday ko`karib ketdimi?
— Pomidor bankani ichida edida.
— Xotinim pomidor bilan urdi.
— Pomidorga shunday ko`karib ketdimi?
— Pomidor bankani ichida edida.
Bir kuni tushida qo`shni xotinlar Afandini chiroyli, yosh qizga uylantirmoqchi bo`lishib turganlarida u uyg`onib ketib, xotinini turta boshladi:
— Xotin, xotin, tur, ish chatoq!
— Nima gap?— uyqusirab so`radi xotini.
— Qo`shnilar meni uylantirishmoqchi, ularni hayda!
— Tinch qo`ying, uyqumni buzmang?
— Bilib qo`y, men seni oldindan ogohlantirib qo`ymoqdaman. Haqiqatan ham ularning shunday niyati bo`lsa, keyin mendan o`pkalab yurma,— dedi Afandi.

Afandining birov bir narsa so`rasa, o`sha zahoti bermay, ertasiga beradigan g`alati odati bor edi. Bir kun qo`shnisi:
— Bir oshlik tuz berib turing,— dedi.
— Tuz yo`q edi-ku,— deb qaytardi-da, ertasiga o`zi olib chiqib berdi.
— Iye, bor ekan-ku, nega kecha bera qolmay, bugun o`zingiz olib chiqdingiz?
— Beradigan narsamning qadri bilinsin, dedim-da.

Shifoxonada davolanib chiqayotib, bir kishi shifokorga minnatdorchilik bildirdi:
— Ming-ming rahmat sizga shifokor-jon! O`z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni ham bilolmay qoldim…
Unga javoban shifokor ma’noli iljaydi-da, dedi:
— Eh, azizam, bilasizmi, insoniyat pul degan qudratli narsani o`ylab topganidan beri minnatdorchilik izhor qilish yo`li osongina hal etilgan.

— Menga qara, og`ayni, marsliklarni o`ldirganlik uchun qamashadimi?
— Ha, lekin jinnixonaga!
— Ha, lekin jinnixonaga!
— Bizning korxonamizda faqatgina kerakli kadrlar faoliyat yuritishi kerak, - deb ta’kidladi «Qo`ng`iroqcha» fermasining ma’naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari yordamchisi ish yurutuvchisining kichik 3-razryadli kichik referent-kotibi.