Latifa matni:
Kasallik varaqasini to`ldira turib, doktor bemor ayoldan so`rabdi:
— Xo`sh, opajon yoshingiz nechada?
— Opajon, demang meni! Axir endigina yigirma sakkiz yosh va bir necha oyga to`ldim...
— Xo`sh, necha oy?
— Bir yuz to`kson sakkiz oyga...