Bo`limlar
Latifalar
Xotin eriga etvotganmish:
— Etishlaricha, yangicha operatsiya o`ylab topishibdi. Nima emish, 2000$ bersa - 35 yoshlik xotinni 20 yoshlikka aylantirib qo`yarmish.
— Mana senga 5000$!!! Umuman qorangni ko`rmay!!!

Afandi Podsho bilan ovga ketayotgan edi, oldilaridan quyon chiqib qoldi.
— Yuguring Afandim, ushlang quyonni,— buyurdi Podsho.
— Afandi otdan sakrab tushib quyonni quvlay ketdi. Quyon tutqich bermay qochib qoldi. Afandi harsillagancha Podshoning yoniga kelib, yelka qisdi.
— E, o`zingizam toza noshud ekansiz—da! Shu oldiginangizda turgan quyonni ikki sakrab tutolmay... E shalviramay qoling—e!
— O`zingiz o`ylang axir, qorin to`ygazish umididagi quvish bilan jon qutkazish umididagi qochish baravar bo`ladimi?!

Qizim, nega idish tovoqlaring sinib yotibdi?
— Kuyovingiz bilan urishib qoldik.
— Divanning oyoqlari nega sinib yotibdi?
— Kechqurun kuyovingiz bilan yarashib oldik...

— Azizim men chiroylimanmi?
— Ha, chiroylisan!
— Meni sevasizmi?
— Ha, sevaman!
— Unda ichishni tashlasangizchi?
— Unda ko`zimga yalmog`izdek ko`rinasanda, - dermish

Afandi ariq tepasidagi qil ko`prikdan o`tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo`lmadi, noiloj:
— O`zi ham past mato, tor, oyog`imni g`ajib kelayotgan edi, zab ish bo`ldi-da, oqib ketdi,— dedi.
Afandining bu gaplarini eshitgan hamrohi ajablandi:
— Attang, bejirimgina, yangi kavush ekan, a!
— Yomon dedim, yomon,— dedi tutaqib Afandi,— yaxshi bo`lsa, juftini tashlab ketarmidi!

Xotin eriga:
— Esizdami tunov kuni tomimizni tuzatgan kishi, o`shani mashina bosib ketibdi, desa
Eri:
— Endi tomda ham yurib bo`lmaydigan bo`libdida

Bir o`qituvchi sinfiga:
— Kim jinni bo`lsa doskaga chiqsin, - debdi.
Shunda bir bola chiqibdi. O`qituvchi so`rabdi:
— Ha, jinniligini tan oldingmi?
Shunda bola:
— Yo`q men ham sizga qo`shilay, - debdi.

Bir kuni Afandi xazina topishga kirishdi va yer kavlay boshladi. 200 metr kavlasa, bir varoq chiqibdi, u varoqda:
— Tepaga chiqishni o`yla, - deb yozilgan ekan.

O`g`li otasidan so`radi:
— Dada hayotda yalmog`iz kampir yo`q-a?
Dadasi divanda o`tirgan qaynonasiga qarab qo`ydi-da, so`ng o`g`liga dedi:
— Men ham bolaligimda shunday deb uylardim.

Olimlar tajriba sinovi o`tkazishibdi.
Ayollarni qachon gapi tugar ekan deb, ikki ayolni bir xonali kvartiraga joylashtirishibdi. Barcha kerakli oziq–ovqat bilan ta’minlab kuzatishibdi.
1 oy o`tibdi, 2 oy o`tibdi, 3 oy o`tsa hamki ayollarni gapi tugamasmish. Olimlar 5 oydan so`ng eshikni ochib chiqinglar, desa, haligi ayollar:
— Mayli qolganini keyin gaplasharmiz, - deb chiqib ketishibdi.