Bo`limlar
Latifalar
Psixolog mijozga:
— Eng yomon ko`rgan odamingizga xat yozib, uni yoqib yuboring.
Mijoz:
— Xo`p bo`ladi. Xatni-chi, xatni nima qilay?

Er-xotin va mehmonga kelgan qaynona tushlik qilib o`tirishibdi. Ovqatini yeb bo`lgan qaynona o`rnidan turishi bilan, u o`tirgan joyga devordagi katta soat to`satdan sharaqlab tushibdi.
Shunda eri:
— La’nati soat. Doim kechikib yuradi-ya.

Ashaddiy futbol muhlisi bo`lmish Abduraim tog`adan jurnalist intervyu olmoqda:
— Abduraim tog`a, futbol terma jamoamiz haqida nimalar deya olasiz?
— So`kinib gapirsam bo`laveradimi?
— Yo`g`-a, axir bizni millionlab odamlar tamosha qilishadi-yu!
— Unaqada, hech narsa deyolmayman.

Yosh qizaloq:
— Voy, dadajon piyolangizga qarang, choy shamasi suzib yuribdi. Endi biznikiga mehmon keladi, - debdi sevinib.
Dadasi choydagi shamani shoshilib olib, yutib yuboribdi-da, - ana endi hech kim kelmaydi, - debdi.
Shu payt o`g`li uyga yugurib kirib:
— Dada, xolam biznikiga kelayotib, liftga qamalib qoldilar, - dermish.

Ko`chadan qaytgan o`g`lidan onasi so`radi:
—O`g`lim koptoging qani?
—Bir qizchaga berdim, biroz o`ynab qaytarib berarkan. Yonida bobosi ham borakan,- dedi o`g`li.
Onasi o`g`lining saxiyligidan quvonib tursa, eshik taqillab, koptokni olgan qizalok va bobosi qo`lida shokolad bilan kirib kelishibdi.
Bolakay koptogi va shokoladni olib, cho`ntagidagi uyali telefonni qizchaning bobosiga qaytarib beribdi.

Yangi boylardan biri avtomobil do`koniga kiribdi.
Sotuvchi:
— Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak?
— Eng zo`r avtomobil xarid qilmoqchiman.
— Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, -deb maqtab ketibdi sotuvchi.
— Nimasi Fokus ekan buni?!
— O`tiring marhamat, ko`rsataman.
Sotuvchi rulga o`tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi.
— Hoy to`xtat, axir daraxt turibdi ro`parada, -deb baqiribdi yangi boy.
— Havotir olmang, ko`zingizni yuming, hozir fokus ko`rasiz, -debdi-da, boy ko`zini yumgach, daraxtni yonidan aylanib o`tibdi.
— Yangi boy xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi.
Uyga kelgach, barchaga fokus ko`rsatmoqchi bo`lib, avtomobilga o`tirishlarini aytibdi.
— Endi hamma ko`zlarini yumsin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o`tib ketamiz, bu fokus, -debdi.
Yangi boy avtomobilni chunonam tez haydabdi-ki, ular ulkan daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan yangi boyning zo`rg`a ovozi eshitilibdi:
— Ming la’nat, qaysi biring ko`zingni yummaganding?!

— Dada, nimaga oyimga uylangansiz?
Dadasi oyisi tomon o`girilib:
— Ko`rdingmi? Bolayam hayron..
Dadasi oyisi tomon o`girilib:
— Ko`rdingmi? Bolayam hayron..
Ota o`g`liga tanbeh beryapti:
— Voy-bo`y, qundaligingni «ikki»lar bosib ketibdi-ku!
— Da-da!
— Gapirma! Senday paytimda «uch» olsam ham uyalardim. Sen bo`lsang...
— Da-da, dada deyapman!
— Xo`sh, nima demoqchisan o`zi?
— Axir bu sizning o`quvchilik paytingizdagi kundaligingiz-ku. Kecha eski kitoblaringiz orasidan topib oluvdim.

Bir kuni baliq cho`milishga boribdi, ammo sochiq yodidan ko`tarilibdi...
Bir kuni bir tentak uzun poyezd relsida o`tirgan ekan. Yoniga ikkinchi tentak kelib:
— Nariroq suril, men ham o`tiray, - debdi.