Latifa matni:
Ko`chadan qaytgan o`g`lidan onasi so`radi:
—O`g`lim koptoging qani?
—Bir qizchaga berdim, biroz o`ynab qaytarib berarkan. Yonida bobosi ham borakan,- dedi o`g`li.
Onasi o`g`lining saxiyligidan quvonib tursa, eshik taqillab, koptokni olgan qizalok va bobosi qo`lida shokolad bilan kirib kelishibdi.
Bolakay koptogi va shokoladni olib, cho`ntagidagi uyali telefonni qizchaning bobosiga qaytarib beribdi.