Yangi boylardan biri
Latifa matni:
Yangi boylardan biri avtomobil do`koniga kiribdi.
Sotuvchi:
— Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak?
— Eng zo`r avtomobil xarid qilmoqchiman.
— Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, -deb maqtab ketibdi sotuvchi.
— Nimasi Fokus ekan buni?!
— O`tiring marhamat, ko`rsataman.
Sotuvchi rulga o`tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi.
— Hoy to`xtat, axir daraxt turibdi ro`parada, -deb baqiribdi yangi boy.
— Havotir olmang, ko`zingizni yuming, hozir fokus ko`rasiz, -debdi-da, boy ko`zini yumgach, daraxtni yonidan aylanib o`tibdi.
— Yangi boy xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi.
Uyga kelgach, barchaga fokus ko`rsatmoqchi bo`lib, avtomobilga o`tirishlarini aytibdi.
— Endi hamma ko`zlarini yumsin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o`tib ketamiz, bu fokus, -debdi.
Yangi boy avtomobilni chunonam tez haydabdi-ki, ular ulkan daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan yangi boyning zo`rg`a ovozi eshitilibdi:
— Ming la’nat, qaysi biring ko`zingni yummaganding?!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Yangi boylardan biri avtomobil do`koniga kiribdi.