Latifa matni:
Ota o`g`liga tanbeh beryapti:
— Voy-bo`y, qundaligingni «ikki»lar bosib ketibdi-ku!
— Da-da!
— Gapirma! Senday paytimda «uch» olsam ham uyalardim. Sen bo`lsang...
— Da-da, dada deyapman!
— Xo`sh, nima demoqchisan o`zi?
— Axir bu sizning o`quvchilik paytingizdagi kundaligingiz-ku. Kecha eski kitoblaringiz orasidan topib oluvdim.