Latifa matni:
Er-xotin va mehmonga kelgan qaynona tushlik qilib o`tirishibdi. Ovqatini yeb bo`lgan qaynona o`rnidan turishi bilan, u o`tirgan joyga devordagi katta soat to`satdan sharaqlab tushibdi.
Shunda eri:
— La’nati soat. Doim kechikib yuradi-ya.