Bo`limlar
Latifalar
Bir kuni o`lmas kashshey o`rmonga qo`ziqorin terishga chiqibdi. Terib bo`lguncha, hamma kakkularning ovozi bo`g`ilib qolibdi...
Bir yigit to`yi kuni kechasi go`shangaga kirmasdan hayol surib o`tirsa, bir o`rtog`i:
— Iye, ha kuyov bola, nimaga hayol surib qolding? Axir besh yildan beri sevishib yurgan qizingga uylanding-ku. Nega bu yerda o`tiribsan? - desa,
Kuyov bola:
— Shunaqaku-ya, endi tuni bilan telefonda kim bilan gaplashaman? - dermish.

Bir erkak yoniga yengiltak ayol kelib:
— Uch so`z aytsangiz, har qanday istagingizni 100 mingga amalga oshiraman, - debdi.
Erkak ham o`ylab o`tirmay:
— Uyimni ta’mirlab ber!, - degan ekan.

GAI xodimi avtomobilni to`xtatib dedi:
— Nega tuneldan o`tayotganda chiroqni yoqmadingiz?
Haydovchi:
— Men boshqa shahardan kelganman. Bu tunelni chirog`i qayerdan yoqilishini bilmayman...!

Shifoxonaga og`ir ahvoldagi uch futbolchini olib kelishibdi. Shifokor ularni olib kelgan odamlardan qanday sabab bilan shu ahvolga tushib qolishganini so`rash uchun qo`liga qalam bilan qog`oz olib, dastlab birinchi futbolchining oldiga yaqinlashdi. Qarasa, birinchi bemor futbolchi tirjayib qotib yotganmish.
— Bu nimaga tirjayib qotib qolgan?
— Eh, so`ramang, ko`rmaganni ko`rgani qursin, bu futbolchi 20 yildan buyon hujumda o`ynagan, umrida birinchi bor gol kiritdi. Shunga xursandchilikdan shu shaklda qotib qoldi.
Shifokor ikkinchi bemorning oldiga yaqinlashdi. Uyam tirjayib qotib yotganmish.
— Xo`sh, bu nimaga tirjayib yotibdi?
— Bu himoyachi faoliyati davomida har bir o`yinda qizil kartochka olib, maydondan haydalgan. Lekin bugun hakam unga hech qanday kartochka ko`rsatmadi. Shunga quvonchdan.
Do`xtir tushunarli deganday bosh irg`ab, navbatdagi bemorning oldiga yaqinlashdi:
— Bu nimaga qotib qolgan unda?
— Tog`li hududda mashg`ulot olib borayotgandik, momaqaldiroq bo`layotgandi. Uzoqroqqa ketgan to`pni olib kelishga ketganda uni yashin urdi.
— Iya, unda nimaga tirjayib turibdi?
— U suratga olishyapti, deb o`ylagan.

Bir odam hayotdan to`yib, yashagisi kelmay o`zini osishga qaror qilibdi. Daryo ustidan o`tgan ko`prikka arqon bog`labdi. Arqonni bo`ynidan o`tkazib, o`zini suvga tashlagan ekan, arqon uzilib ketibdi. U odam esa suzishni bilmas ekan. Bir amallab tipirchilab-tipirchilab qirg`oqqa chiqib olibdi. Qirg`oqda turib:
— Eh, xudoga shukur! O`zimni osaman deb cho`kib ketishimga sal qoldi-ya!, - dermish.

Bir kuni chumchuq pastroq uchib ketayotib, katta tezlikda kelayotgan mototsikl bilan to`qnashib ketibdi. Mototsiklchi to`xtab, chumchuqni olib, uyiga boribdi. Qushni qafasga qo`yib don va suv solingan idishni oldiga qo`yibdi. Chumchuq hushiga kelib qarasa, qafasda ekan. Suv va donga qarab turib:
— Jin ursin! Mototsiklchini o`ldirib qo`yibmanku, - degan ekan.

— Allo azizim, mashinamdagi navigatorga sen tegdingmi?
— Ha, Samarqandga qanday borilishini ko`rib chiqgan edim.
— Aytdim-a, nega bu shaharga kelib qoldim deb!

— Dada, mana bu granata degandiz, shuni ichini ochib bering, - debdi bolakay.
— O`g`lim, bu inson hayoti uchun havfli! Bu yoqqa ber!, - deb o`g`lining qo`lidan olib qo`ysa, bola xafa bo`lib:
— Dangasaga ish buyursang - aql o`rgatadi, - dermish.

— Chapaqayliging senga halaqit bermaydimi?
— Yo`q. Har bir odamning alohida jihatlari bo`ladi. Mana masalan sen, qaysi qo`lingda choyni aralashtirasan.
— O`ng qo`lim bilan.
— Ana ko`rdingmi, esi joyida odamlar qoshiq bilan aralashtirishadi.