Shifoxonaga og`ir
Latifa matni:
Shifoxonaga og`ir ahvoldagi uch futbolchini olib kelishibdi. Shifokor ularni olib kelgan odamlardan qanday sabab bilan shu ahvolga tushib qolishganini so`rash uchun qo`liga qalam bilan qog`oz olib, dastlab birinchi futbolchining oldiga yaqinlashdi. Qarasa, birinchi bemor futbolchi tirjayib qotib yotganmish.
— Bu nimaga tirjayib qotib qolgan?
— Eh, so`ramang, ko`rmaganni ko`rgani qursin, bu futbolchi 20 yildan buyon hujumda o`ynagan, umrida birinchi bor gol kiritdi. Shunga xursandchilikdan shu shaklda qotib qoldi.
Shifokor ikkinchi bemorning oldiga yaqinlashdi. Uyam tirjayib qotib yotganmish.
— Xo`sh, bu nimaga tirjayib yotibdi?
— Bu himoyachi faoliyati davomida har bir o`yinda qizil kartochka olib, maydondan haydalgan. Lekin bugun hakam unga hech qanday kartochka ko`rsatmadi. Shunga quvonchdan.
Do`xtir tushunarli deganday bosh irg`ab, navbatdagi bemorning oldiga yaqinlashdi:
— Bu nimaga qotib qolgan unda?
— Tog`li hududda mashg`ulot olib borayotgandik, momaqaldiroq bo`layotgandi. Uzoqroqqa ketgan to`pni olib kelishga ketganda uni yashin urdi.
— Iya, unda nimaga tirjayib turibdi?
— U suratga olishyapti, deb o`ylagan.