Bo`limlar
Latifalar
Ko`chada ketayotgan bir qari choldan jurnalist qiz intervyu olyapti:
— Kechirasiz, shu yoshga kirishingizga asosiy sabab nima deb o`ylaysiz?
— Bilmadim. Kuniga uch quti sigaret chekaman, pulim yetguncha aroq ichaman.
— Qoilman otaxon! Shu yoshga kirib, haliyam aroq ichasizmi?
— Ey, qanaqa otaxon?! Endi 32 ga kirdimku.

"Sohibjamol qizlar! Rasmga tushayotganda labingizni bizlarnikiga o`xshatishni bas qiling. Bu biz uchun haqorat bo`lib tuyulmoqda".
Hurmat bilan, o`rdaklar!!!
Hurmat bilan, o`rdaklar!!!
Mashhur aviakompaniya yangi uchuvchilarni ishga olish maqsadida nomzodlarni suhbatga chaqiribdi.
Suhbatga birinchi bo`lib nemis kiribdi:
— Nechi yildan buyon uchasiz?
— Uch yil.
— Qancha maosh olishni xohlardingiz?
— Uch million. Bir million o`zimga, bir million xotinimga va bir million sug`urtaga.
Suhbatga ikkinchi bo`lib ingliz kiribdi.
— Nechi yillik tajribangiz bor?
— Olti yillik.
— Maoshingiz qancha bo`lishini xohlaysiz?
— Olti million. Ikki million o`zimga, ikki million xotinimga va ikki million sug`urtaga.
Uchinchi bo`lib suhbatga rus kiribdi:
— Nechi yildan beri parvoz etasiz?
— Ey, men umuman balandlikdan qo`rqaman. Lekin to`qqiz million olishni istayman. Uch million menga va uch million sizga...!
Aviakompaniya direktori aqldan ozay debdi. Hayratlanib yana so`rabdi:
— Unaqada kim uchadi?
— Nemis-da! Axir u uch millionga rozi-ku!

Yosh qiz onasiga qo`ng`iroq qilib so`radi:
— Oyijon, siz meni yaxshi ko`rasizmi?
Onasi:
— Ha, ha qizalog`im! Albatta.
— Telefon go`shagini adamga bering.
— Ana adajon eshittingizmi? Oyim ruxsat berdilar!

Uyga qaytgan er oshxonada idish yuvayotgan xotiniga qarab:
— Bu uyda kim xo`jayin?, - deb baqiribdi.
Qo`lidagi tova bilan erini boshiga urib: — siz-da adasi, - debdi xotini.
Shu payt qo`shni ayol kirib kelib qarasa, er burchakda hushsiz yotganmish.
— Voy, eringiz nega bu yerda yotibdi?!, - desa,
— Uyning xo`jayini qayerda xohlasa, o`sha yerda yotaveradi, - debdi xotini.

Chiroyli bir ofitsiant qiz restoranda xo`randaga xizmat ko`rsatmoqda. Ovqatlanib bo`lgach, u hisobni keltiribdi.
Xo`randa pulni to`lagach, qizga gap otibdi:
— Siz uchun doim eshitish yoqimli bo`lgan uch so`z bor. To`g`rimi?
— Ha, shunday.
— Xohlasangiz, men bu so`zlarni topaman.
— Mayli, harakat qilib ko`ring.
— Men sizni sevaman.
— Topolmadingiz! Bu so`z - "Qaytimi kerak emas» edi.

Operator qizga qo`ng`iroq bo`lmoqda:
— Allo, yaxshi qiz, menga SMSlar yetib kelmayapti.
Operator:
— Fikringizni to`plang, chalg`imasdan yana bir martta o`qib ko`ring-chi...

Bu yil yozda dengizga bormoqchiman. Meni an’anam o`zi shunaqa - har yili yozda dengizga borishni orzu qilish!
Bir erkakning ikkita xotini bor ekan. Ammo ikkala xotini ham bu haqda mutlaqo bexabar ekan. Bir kuni o`sha odam ikkala xotinini ham birga, bitta joyga dam olishga yuboribdi. Dam olishga borgan ayollar hech narsadan bexabar, bir-birlari bilan yaqin dugona bo`lib qolishibdi, birga suratlarga tushibdi. Dam olishdan qaytgach, eri birinchi xotinini oldiga borib:
— Xo`sh, qanday dam olding, kimlar bilan tanishding, - dyeb so`rabdi.
Shunda xotini:
— Mazza qilib dam oldim. Bir ayol bilan tanishdim, - deb erining ikkinchi xotinini rasmini ko`rsatibdi. - Lekin judayam yengiltak ayol ekan, har kuni har-xil erkaklar bilan yurdi-ya, - debdi.
Ertasi kuni ikkinchi xotinini oldiga borgan er, u ayoldan ham gapirib berishini so`rasa:
— Adasi manavi rasmdagi ayolni qarang. Judayam yaxshi ayol ekan. Dam olishga eri bilan kelib, eri bilan ketdi, - degan ekan.

Bankomat yoniga bir ayol o`g`li bilan keldi.
— Hozir pul olib, ikkalamiz do`konga boramiz, - dedi ona va bankomatga plastik kartochkasini qo`yib, u yerdan pul oldi.
Buni ko`rgan bola hayratlanib onasiga:
— Oyi, buni ichida dadam o`tiribdilarmi?, - dermish...