Latifa matni:
Bir odam hayotdan to`yib, yashagisi kelmay o`zini osishga qaror qilibdi. Daryo ustidan o`tgan ko`prikka arqon bog`labdi. Arqonni bo`ynidan o`tkazib, o`zini suvga tashlagan ekan, arqon uzilib ketibdi. U odam esa suzishni bilmas ekan. Bir amallab tipirchilab-tipirchilab qirg`oqqa chiqib olibdi. Qirg`oqda turib:
— Eh, xudoga shukur! O`zimni osaman deb cho`kib ketishimga sal qoldi-ya!, - dermish.