Latifa matni:
Bir kuni chumchuq pastroq uchib ketayotib, katta tezlikda kelayotgan mototsikl bilan to`qnashib ketibdi. Mototsiklchi to`xtab, chumchuqni olib, uyiga boribdi. Qushni qafasga qo`yib don va suv solingan idishni oldiga qo`yibdi. Chumchuq hushiga kelib qarasa, qafasda ekan. Suv va donga qarab turib:
— Jin ursin! Mototsiklchini o`ldirib qo`yibmanku, - degan ekan.