Latifa matni:
Bir odam sigirini sotmoqchi bo`lib bozorga olib kelibdi. Xaridor so`rabdi:
— Sigiringiz sersutmi?
— Ha, suti yaxshi. Ammo bitta kamchiligi bor.
— Qanaqa kamchilik ekan?
— Sog`ilayotganda qattiq tepadi.
— Hechqisi yo`q, sigirni xotinim sog`adi.