Bir psixolog talabalarga
Latifa matni:
Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib:
— So`z bilan odamni har maqomga solish mumkin. Mana, hozir tajriba o`tkazib ko`ramiz, - debdi-da, qayoqqadir telefon qilib so`rabdi:
— Qo`ziboyni mumkinmi?
— Qo`ziboy bu yerda turmaydi, - degan javob eshitilibdi.
Go`shakni bir daqiqadan so`ng olib, yana o`sha raqamni teribdi:
— Qo`ziboyni chaqirib bering.
— Qo`ziboy bu yerda turmaydi deyapman-ku! — go`shakdan asabiy ovoz eshitilibdi.
— Ana, eshitdingizmi, astoydil jahli chiqyapti, - debdi psixolog.
— So`z bilan odamni jinni qilib qo`yish mumkin, - dedi bir talaba. - Ishonmasangiz, telefonni berib turing, hozir ko`rasiz.
Talaba tezda o`sha raqamga qo`ng`iroq qilib:
— Allo! Men Qo`ziboyman. Meni hech kim so`ramadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib: