Latifa matni:
Bir kishi xiyobondagi o`rindiqda hafa bo`lib o`tirsa, yonidan o`tib ketayotgan odam so`rabdi:
— Nega g`amginsiz? Nima gap?
— Yonimga o`tirgin, aytib beraman!
Haligi odam ham o`rindiqqa o`tirib, - nima bo`ldi?, - desa,
— Biz o`tirgan o`rindiqni yaqinda bo`yab ketishibdi, - dermish.