Shifokor qabulida
Hayvonlarni ilmiy tekshirish instituti xodimi suvaraklar ustida tadqiqot olib borayotgan ekan. Laboratoriya tekshiruvlarini o`tkazish uchun uyidan besh-o`nta suvaraklarni ushlab, gugurt qutisiga solibdi-da, ishxonaga yo`l olibdi. Biroq o`sha kuni uyga qaytmabdi. Havotir olgan xotini militsiyaga xabar beribdi, qarindoshlari, erining do`st-u birodarlaridan surishtiribdi. Hech qayerda yo`q emish. Oxiri kasalxonalarni qidirib yursa, bosh-oyoq gipslangan erini topibdi. Eridan:
— Sizga nima bo`ldi?, - deb so`rabdi xotini.
Eri esa:
— Aniq esimda yo`q. Ishga ketayotsam, ko`chada bir barzangi yigit gugurt so`ragan edi. Gugurt qutisini uzatganimni eslayman xolos..., - debdi.

Ona qizalog`ini vrach ko`rigiga olib kelib:
— Qizimning ko`zlari nega kichkina? Axir bizning koreys qarindoshimiz yo`q-ku!
Vrach:
— Ko`zlarini yon tomonini qarab ko`ring-chi, kattalashtirish moslamasi yo`qmikin?

Bir qishloqning yo`lida kattakon chuqur bor ekan. Shu yo`ldan o`tgan odamlar chuqurga tushib, jarohatlanisharkan.
Kunlarning birida uchta odam shu chuqurni yoniga kelib, tortishib qolishibdi:
— Bilasizlarmi? Shu chuqurni yoniga tez yordam mashinasini olib kelib qo`yish kerak. Shunda, yiqilgan odamga yordam ko`rsatish oson bo`ladi, - debdi birinchisi.
— E, yo`g`-ye! Undan ko`ra, shu yerga kasalxona qurish kerak. Yiqilgan odam darrov kasalxonaga boradi, - debdi ikkinchisi.
Shunda uchunchi odam o`ylanib turib:
— Obbo, ikkalangni ham aqling yo`q ekan. Yaxshisi, chuqurni ko`mib, biror yaqin kasalxona oldidan chuqur kavlatish kerak, - degan ekan.

Shifokor bemorga:
— Har kuni baliq yeb turing. Sizda fosfor yetishmaydi, - desa,
Bemor:
—Men sog`aymoqchiman. Yorug`lik tarqatmoqchi emasman, - deya javob beribdi.

Poliklinika ro`yxatxonasi oldidagi yozuvdan:
"Kasallik varaqalari berilmaydi! Shu yergacha keloldingizmi?, ishxonaga ham bora olasiz".

Jarroh yoniga peshonasiga vilka sanchilgan bemor kelibdi.
— Doktor, peshonamdagini sug`urib tashlasangiz!
— Kechirasiz, soat uchdan besh daqiqa o`tdi. Meni ish vaqtim tugadi. Ertaga keling.
— Jon doktor, shu vilkani olib tashlang. Bir daqiqa vaqtingiz ketadi-ku. Axir meni jonim og`riyapti...
Jarroh jahl bilan vilkani sug`urib, bemorning ko`ziga tiqib qo`yibdi-da, - boring okulist soat beshgacha ishlaydi, - debdi.

Bemor kasallik varaqasini vrachga berdi. Vrach uni varaqlab:
— Ishlar chatoq, ahvol og`irga o`xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo`ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo`rqib so`radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko`zoynaksiz o`qiy olmayapman...

Badavlat bir odam kasal bo`lib qolibdi. Yaqin qarindoshi vrachga:
— Aytingchi doktor, umid qilsam bo`ladimi?
Vrach unga:
— Umid qilmang, bu bor-yo`g`i oddiy shamollash...

— Vrach qabuliga yozilsam bo`ladimi?
— Ha albatta. 20000 to`lashingiz kerak.
— Bepul vrachga kirmoqchiman!
— Marhamat, ikki oy navbatingizni kutasiz.
— Ikki oy kutolmayman. Kelishaylik...
— Mayli kelishamiz, 20000 bo`ladi.

Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo`yibdi.
Yo`ldan o`tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so`rabdi.
— Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Iye, bu benzinku!
— Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Vrach jahl bilan pulni to`lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to`lab ketasiz. Vrach pulni to`lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o`tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani ko`rmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul.
— Iye, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, ko`rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.