Latifa matni:
Bemor kasallik varaqasini vrachga berdi. Vrach uni varaqlab:
— Ishlar chatoq, ahvol og`irga o`xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo`ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo`rqib so`radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko`zoynaksiz o`qiy olmayapman...