Hayvonlarni ilmiy
Latifa matni:
Hayvonlarni ilmiy tekshirish instituti xodimi suvaraklar ustida tadqiqot olib borayotgan ekan. Laboratoriya tekshiruvlarini o`tkazish uchun uyidan besh-o`nta suvaraklarni ushlab, gugurt qutisiga solibdi-da, ishxonaga yo`l olibdi. Biroq o`sha kuni uyga qaytmabdi. Havotir olgan xotini militsiyaga xabar beribdi, qarindoshlari, erining do`st-u birodarlaridan surishtiribdi. Hech qayerda yo`q emish. Oxiri kasalxonalarni qidirib yursa, bosh-oyoq gipslangan erini topibdi. Eridan:
— Sizga nima bo`ldi?, - deb so`rabdi xotini.
Eri esa:
— Aniq esimda yo`q. Ishga ketayotsam, ko`chada bir barzangi yigit gugurt so`ragan edi. Gugurt qutisini uzatganimni eslayman xolos..., - debdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Hayvonlarni ilmiy tekshirish instituti xodimi suvaraklar ustida tadqiqot olib borayotgan ekan. Laboratoriya tekshiruvlarini o`tkazish uchun uyidan besh-o`nta suvaraklarni ushlab, gugurt qutisiga solibdi-da, ishxonaga yo`l olibdi. Biroq o`sha kuni uyga qaytmabdi. Havotir olgan xotini militsiyaga xabar beribdi, qarindoshlari, erining do`st-u birodarlaridan surishtiribdi. Hech qayerda yo`q emish. Oxiri kasalxonalarni qidirib yursa, bosh-oyoq gipslangan erini topibdi. Eridan:
— Sizga nima bo`ldi?, - deb so`rabdi xotini.
Eri esa:
— Aniq esimda yo`q. Ishga ketayotsam, ko`chada bir barzangi yigit gugurt so`ragan edi. Gugurt qutisini uzatganimni eslayman xolos..., - debdi.