Ichak uzdi
Bir qiz ajoyib yigit bilan tanishib qolibdi. Yigit bilan har kuni uchrashib, biror joyga borishgach, qizni uyga olib kelib qo`yarkan-da, — To`xtang. Shoshmay turing!, - deb mashinasidan tushib, qizga eshikni ochib berarkan. Qiz dugonalariga maqtanib:
— Hali bunaqa oliyjanob yigitni uchratmagandim, - debdi.
Yigit esa yarim yildan beri mashinasining eshigini ichkaridan ham ochilishi uchun ustaxonaga olib borolmayotgan ekan...

Bir kishining uyida suv jo`mragi ishdan chiqib, chilangar chaqirtiribdi. U odamning yosh va go`zal qizi bor ekan.
Ishlab o`tirgan chilangarning yoniga qiz kelib:
— Agar otam sharob bersa, ichmang! Pul bersa ham ola ko`rmang! Faqat chekishga bir dona sigaret so`rang, - debdi jilmayib, nozlanib.
Laqma usta ishlarini tugatgach, qiz aytganidek, bitta dona sigaretni chekibdi-da, ketibdi.
Xursand bo`lgan otasi esa qiziga qarab:
— Barakalla dono qizim! Keyingi hafta bo`yoqchilarni chaqiraman, - debdi.

Uylangan yigit bo`ydoq do`stiga debdi:
— Shuncha yil yashab, sutni muzlatgichga noto`g`ri qo`yish mumkinligi haqida bilmagan ekanman.

Chuvalchang boshini yerdan chiqarsa, orqasida chiroyli chuvalchang turganmish.
— Yaxshi qiz, tanishsak bo`ladimi?, - debdi. Shunda,
— Voy o`ling! Man sizni dumingizman-ku!, - dermish.

Uchta ahmoq aeroportga borishibdi. Birinchisi dvigateli aylanib turgan samolyotni yoniga borib,
— Hozir shu dvigatelni to`xtataman, - deb barmog`ini tiqqan ekan, barmog`i uzilib ketibdi. Og`riqdan baqira boshlabdi.
Ikkinchisiyam:
— Men to`xtataman, - deb boshini tiqqan ekan, uni boshi uzilib ketibdi.
Shunda uchinchi ahmoq barmog`ini ushlab baqirayotganga qarab:
— Nega baqirasan? Barmoqqa shuncha vahimami? Qara, boshini tiqqan jim yotibdi-ku?!, - dermish.

Bir yigit do`stiga debdi:
— Yuzingga nima qildi? Hamma yog`ing tirnalgan!
— Qizlarni deb urushdim.
— Kim bilan?
— Kim bilan bo`lardi, xotinim bilan-da!

— Azizim, meni sevasizmi?
— Sevaman!
— Gapingiz rost bo`lsa, chekishni tashlang...
— Tashlayman!
— Ichishni ham tashlaysiz-a?
— Ha!
— Maoshingizni menga olib kelib berasizmi?
— Beraman maoshimni hammasini!
— Voy, meni deb joningizdan ham voz kechishga tayyormisiz?
— Tayyorman! Nima qilaman bunaqa hayotni?!

Bosqinchilar aroq va sharob ishlab chiqariladigan korxonani garovga olishibdi. Lekin, uch kun o`tib ham o`zlarining shartlarini ayta olishmasmush...
Bir o`zbek xorijga mehmonga borsa, undan so`rashibdi:
— Sizlarda ko`proq nima iste’mol qilishadi?
— Somsa.
— Nima o`zi u?
— Xamir ichida go`sht solinadi.
— Yana nima yeyishadi?
— Chuchvara.
— U nima?
— Xamir ichiga go`sht solinadi.
Xorijliklar hayratlanib:
— Bundan tashqari yana nima taomlar sevib iste’mol qilinadi?
— Manti, xonim, ...

Soatlar do`konida aylanib yurgan yigitga:
— Yaxshi yigit! Mana bu soatni xarid qilaqoling. Shveysariya soatining aynan nusxasi, - debdi.
Yigit ham soatni ko`zdan kechirib:
— Bo`ldi. Olaman. Mana sizga Shveysariya pullarining aynan nusxasi, - debdi.