Ichak uzdi
Bitta abituriyent tayyorgarlik ko`rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o`tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o`zini variantini ishlab bo`lib, o`tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so`rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog`ini ko`rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o`ttiz million so`rasa kerak deb ichida o`ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so`m ber!, - dermish.

Liftga yosh qiz bilan er-xotin kirishibdi. Bir payt qiz o`girilib, erkakni yuziga tarsaki tushiribdi-da,
— Xotiningizni oldida uyalmaysizmi tegajoqlik qilishga?!, - deb baqiribdi-da, liftdan chiqib ketibdi.
Er esa yuzini ushlagancha xotiniga qarab:
— O`lay agar, hech narsa qilganim yo`q, - debdi qo`rqib.
Xotini:
— Tinchlaning, bu men edim, - debdi.

Bir jinni ko`zguga termulib o`tirsa, do`sti kelib:
— Nima qilyapsan?, - debdi.
— Mana bu ko`zgudagi odamni eslay olmayapman, - desa
Do`sti ko`zguga qarab turib:
— Iye, bu menman-ku, -dermish.

Eh qanday zamonda yashayapmiz...
Ayollarni yuzida yarim kilo atir-upa bo`lsa ham hech kim indamaydi. Lekin erkakning yuzida ozgina lab bo`yog`i ko`rib qolishsa, ... qiyomat bo`ladi-ya!

Er-xotin janjallashib qolishibdi.
Er:
— Seni nuqul pul havotirga soladi!
Xotin:
— Pul havotirga solmaydi, tinchlantiradi!

Yarim tunda bir kishining telefoni jiringlab, go`shakdan:
— Allo, bu hayvonlarni himoya kilish jamiyatimi?, - degan ovoz kelibdi.
Boyagi kishi g`azabdan:
— Gapir eshak. Kim seni yarim kechasi xafa qildi?, - degan ekan.

Bir kuni o`zbek, ingliz va xitoylik toqqa chiqishibdi.
— Kelinglar baqiramiz. Kimning aks-sadosi chiroyli chiqarkan, - deb baqira boshlashibdi.
O`zbek:
— Men seni sevaman!
"Men seni sevaman" degan aks-sado qaytibdi.
Ingliz:
I love you!
Yana shunday aks-sado qaytibdi.
Xitoylik:
Xichuokia mutana jutakou dosouki
Aks sado:
— Nima deding? Qaytarvar...

— Apelsin qanaqa meva dada?
— O`g`lim, fantadagi meva - apelsin bo`ladi!

DAN xodimi avtomobilni to`xtatib, haydovchiga:
— Yukxonani oching! Tekshirib qo`yay, - debdi.
Haydovchi:
— Komandir, keling yukxonani ochmaylik. Yuz ming beraman, - desa, — Nimalar deyapsiz?! Oching tekshirishim kerak!, - debdi DAN xodimi.
Haydovchi yana ikki yuz ming berishini aytibdi.
— Maynavozchilik qilmay, oching!
— Uch yuz beraman!
— Yo`q!
— Meni oxirgi gapim, bir million beraman!
— Meniyam oxirgi so`zim, yukxonani ochasiz!
— Mana marhamat!
DAN xodimi qarasa, yukxona bo`m-bo`sh emish.
— Nimaga boshimni qotirib, shuncha pul taklif qildiz?, - desa,
— Siz bilan bir "Pole Chudes" o`ynagim keldi-da, - dermish haydovchi.

Bir kishi yaqin do`stidan so`rabdi:
— Menga yuz ming berib tura olasanmi?
— Nimaga?
— Esdalikka!
— Menga yuz ming berib tura olasanmi?
— Nimaga?
— Esdalikka!