Latifa matni:
Uchta ahmoq aeroportga borishibdi. Birinchisi dvigateli aylanib turgan samolyotni yoniga borib,
— Hozir shu dvigatelni to`xtataman, - deb barmog`ini tiqqan ekan, barmog`i uzilib ketibdi. Og`riqdan baqira boshlabdi.
Ikkinchisiyam:
— Men to`xtataman, - deb boshini tiqqan ekan, uni boshi uzilib ketibdi.
Shunda uchinchi ahmoq barmog`ini ushlab baqirayotganga qarab:
— Nega baqirasan? Barmoqqa shuncha vahimami? Qara, boshini tiqqan jim yotibdi-ku?!, - dermish.