Latifa matni:
Soatlar do`konida aylanib yurgan yigitga:
— Yaxshi yigit! Mana bu soatni xarid qilaqoling. Shveysariya soatining aynan nusxasi, - debdi.
Yigit ham soatni ko`zdan kechirib:
— Bo`ldi. Olaman. Mana sizga Shveysariya pullarining aynan nusxasi, - debdi.