Ichak uzdi
Puli ko`plar qo`llaridagi ayfonlarida ko`chadan pokemonlarni qidirib yurishadi. Ko`chadagi bezorilar esa ayfonlilarni "ovlab" yurishadi. Militsiya esa bezorilarni ushlashadi. Mana shunaqa band aholi hukumatni umuman bezovta qilmayapti.
Ikkita dugona uchrashib qolishibdi. Birinchi qiz maqtanishni boshlabdi:
— Yigitim menga tilla uzuk sovg`a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— U menga yana mashina ham sovg`a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— O`zingda nima yangiliklar?
— Etika kurslariga qatnashyapman. "Aldama, tentak" so`zini o`rniga "Ajoyib-ku. Tabriklayman!" deyishni o`rganib oldim.

Xotini xasis eridan so`rayapti:
— Dadasi, bugun ovqatga tuxumni oqini solaymi, sarig`inimi?
— Bugun bayram, mayli butun solaqol!, - dermish eri.
— Dadasi, bugun ovqatga tuxumni oqini solaymi, sarig`inimi?
— Bugun bayram, mayli butun solaqol!, - dermish eri.
Qiz bilan yigit parkda ketayotsa, qiz to`satdan hushidan ketib qolibdi.
Yigit:
— Suv! Suv olib kelinglar! Tez yordam chaqiringlar, - desa
Qiz asta ko`zini ochib:
— Qanaqa suv? Qanaqa tez yordam? Sun’iy nafas berish kerak, - dermish.
Yigit:
— Suv! Suv olib kelinglar! Tez yordam chaqiringlar, - desa
Qiz asta ko`zini ochib:
— Qanaqa suv? Qanaqa tez yordam? Sun’iy nafas berish kerak, - dermish.
Go`zal qizga ko`chada bir shilqim tegajonlik qilgan ekan. Qiz sumkasidagi gaz balonchasini olib, shilqimni yuziga sepmoqchi bo`libdi-yu, adashib, "Shanel" atirini sepib yuboribdi. Sepib bo`lgach qiz atirini ko`rib qolib, g`azablanganidan yigitni o`lar holatda do`pposlab tashlagan ekan.
Bir kishi har kuni barga kirib, cho`ntagidan bir siqim tanga chiqarar ekan-da, — Pivo quy! Qaytimi kerak emas, - deb tangalarni sochib yuborarkan.
Bir gal yana shunaqa qilgan ekan, sotuvchi yerdagi hamma tangalarni yig`ib:
— Qaytimi menga ham kerak emas, - deb uzoqroqqa sochib yuboribdi.
Haligi odam tangalar yotgan joyga borib, bir dona tangani cho`ntagidan olib, yerga tashlabdi-da:
— Unda yana bitta pivo quy!, - dermish.

Bir odam ichib olib, mast holda zo`rg`a sudralib uyiga kirib kelsa, xotini qo`lida supurgi, jahl bilan kutib olibdi. Er xotiniga qarab:
— Iltimos xotinjon, uchib ketma! Boshqa ichmayman!, - debdi.
— Iltimos xotinjon, uchib ketma! Boshqa ichmayman!, - debdi.
Qamoqxona boshlig`i elektr stulda o`tirgan jinoyatchiga qarab:
— So`nggi tilagingni ayt! Amalga oshiraman!, - debdi.
Jinoyatchi ko`p o`ylab o`tirmay:
— Iltimos, qo`llaringizni ushlab turay. Shunda qo`rqmayman!, - dermish.
— So`nggi tilagingni ayt! Amalga oshiraman!, - debdi.
Jinoyatchi ko`p o`ylab o`tirmay:
— Iltimos, qo`llaringizni ushlab turay. Shunda qo`rqmayman!, - dermish.
Xotin huddi DAN xodimiga o`xshaydi. Bosh og`ritib gapiradi, pulingni oladi, kayfiyatingni buzadi... Eng yomoni — baribir ayb topadi!
GAI xodimlari voqea joyini ko`zdan kechirib, bayonnoma yozishmokda.
Mayor:
— Yo`l kengligi - 6 metr, o`ng tarafda chuqur ariq bor. Oq rangli Matiz 30-35 yoshlar chamasi erkak kishini urib yuborgan. Mashina daraxtga oldi bilan urilgan.
Serjant:
— Yozdim.
Mayor:
— O`sha erkak kishining tanasi boshsiz holda ariq ichida. Kallasi esa asfalt chetida.
Serjant:
— O`rtoq serjant. "Aspalt" deb yoziladimi? yoki "Asfalt" dyebmi?
Mayor biroz o`ylanib, kallani bir tepib ariqqa tushirib yuboribdi-da, — Mayli kallani ham ariq ichida deb yozaqol, - debdi.